14
birliklarga bo‘linadi:
Kattalikning asosiy birligi deb birliklar tizimidagi ihtiyoriy ravishda
tanlangan asosiy kattalikning birligiga aytiladi.
Bunga misol qilib, LMT - kattaliklar tizimiga to‘g‘ri kelgan MKS birliklar
tizimida metr, kilogramm, sekund kabi asosiy birliklarni olishimiz mumkin.
Hosilaviy birlik deb, berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan,
ta’riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga
aytiladi.
Hosilaviy birlikka misol qilib 1 m/s - xalqaro
birliklar tizimidagi tezlik
birligini; 1 N = 1 kg. m/s
2
kuch birligini olishimiz mumkin.
Xalqaro birliklar tizimi.
1960 yili o‘lchov va og‘irliklarning XI Bosh
konferensiyasi Xalqaro birliklar tizimini qabul qilgan bo‘lib, mamlakatimizda buni
SI (SI - Systeme international) xalqaro tizimi deb yuritiladi. Keyingi Bosh
konferensiyalarda SI tizimiga bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, hozirgi holati
va birliklarga qo‘shimchalar va ko‘paytirgichlar haqidagi ma’lumotlar 3.1- va 3.2-
jadvallarda keltirilgan.
Kattaliklarning birliklarini belgilash va yozish borasida standartlar asosida
me’yorlangan tartib va qoidalar mavjud. Bu qoidalar va tartiblar O‘z DSt 8.012:2005
standartida atroflicha yoritilgan.
3.1-jadval
Kattalik
Birlik
Nomi
O‘lcha
m ligi
Nomi
Belgisi
Ta’rifi
Uzunlik
L
metr
m
Metr bu yorug‘lik 1/299792458 s vaqt
oraliqida vakuumda bosib o‘tadigan
masofa
[XVII O‘TBK
x)
(1983 y.), 1-qaror]
Massa
M
kilogramm
kg
Kilogramm bu massa birligi bo‘lib xalqaro
kilogramm-prototipining massasiga teng [I
O‘TBK (1889 y.) va III O‘TBK (1901 y.)]
Vaqt
T
sekund
s
Sekund
bu
seziy-133
atomi
asosiy
holatining ikki o‘ta nozik sathlari orasidagi
15
bir-biriga o‘tishiga muvofiq
keladigan
nurlanishning 9 192 631 770 davridir [XIII
O‘TBK (1967 y.), 1-qaror]
Elektr
toki
(elektr
tokining kuchi)
I
amper
A
Amper
bu vakuumda bir-biridan
1 m
oraliqda joylashgan, cheksiz uzun, o‘ta
kichik dumaloq ko‘ndalang kesimli ikki
parallel to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichlardan tok
o‘tganda o‘tkazgichning har 1 m uzunligida
2
10
-7
N ga teng o‘zaro ta’sir
kuchini hosil
qila oladigan o‘zgarmas tok kuchi [O‘TXK
x)
(1946 y. ) 2-qaror, IX O‘TBK (1948 y.)
ma’qullangan].
Termodinamik
harorat
kelvin
K
Kelvin bu termodinamik harorat birligi bo‘lib
u suvning uchlanma nuqtasi termodinamik
haroratning 1/273,16 qismiga
teng [XIII O‘TBK (1967 y.) 4-qaror]
Modda
miqdori
N
mol
mol
Mol bu massasi 0,012 kg bo‘lgan uglerod-
12da qancha atom bo‘lsa, o‘z tarkibiga
shuncha elementlarini
olgan tizimning
modda miqdoridir. Molni tadbiq etishda
elementlari guruhlangan bo‘lishi lozim va
ular atom, molekula, ion, elektron va boshqa
zarrachalar guruhlaridan iborat bo‘lishi
mumkin [XIV O‘TBK (1971 y.). 3-qaror]
YOrug‘lik
kuchi
J
kandela
cd
Kandela bu berilgan yo‘nalishda 540
10
12
Hz
chastotali
monoxramatik
nurlanishni
tarqatuvchi va shu yo‘nalishda energetik
yorug‘lik kuchi 1/683 W/sr ni
tashkil etuvchi
manbaning yorug‘lik kuchidir. [XVI
O‘TBK (1979 y.), 3-qaror]
Izohlar:
1.
Kelvin temperaturasidan (belgisi T) tashqari t=T-To ifoda bilan aniqlanuvchi Selsiy
temperaturasi (belgisi t) qo‘llaniladi, bu erda ta’rifi bo‘yicha T=273,15 K. Kelvin temperaturasi
kelvinlar bilan Selsiy temperaturasi - Selsiy graduslari bilan ifodalanadi (xalqaro va o‘zbekcha
belgisi °S). O‘lchovi bo‘yicha Selsiy gradusi kelvinga teng. Selsiy gradusi bu «kelvin» nomi
16
o‘rniga ishlatiladigan maxsus nom.
2.
Kelvin temperaturalarining ayirmasi yoki oralig‘i kelvinlar bilan ifodalanadi. Selsiy
temperaturalarining ayirmasi yoki oralig‘i kelvinlar bilan ham,
Selsiy graduslari bilan ham
ifodalashga ruxsat etiladi.
3.
Xalqaro amaliy temperatura belgisini 1990 yilgi xalqaro temperatura shkalasida
ifodalash uchun, agar uni termodinamik temperaturadan farqlash lozim bo‘lsa, unda termodinamik
temperatura belgisiga «90» indeksi qo‘shib yoziladi (masalan,
T
90
yoki
t
90
)