• O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin). O‘lchash usuli esa
  • O‘lchash natijasi - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi. X=n[x]
  • Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246629
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2

    o‘lchash 
    ob’ekti 
    ishtirok etadi. O‘lchash ob’ekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday yordamchi 
    kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday 
    qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik solishtiriladi. 
    SHunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash, 
    o‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli. 
    O‘lchash 
    - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul 
    qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini 
    qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir. 
    O‘lchash jarayoni 
    - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir 
    (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin). 
    O‘lchash usuli esa 
    - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura 
    yordamida, o‘lchash vositalari yordamida va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, 
    algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir. 
    O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) 
    aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida 
    bevosita o‘lchash ob’ekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jaraeni 
    yordamida esa shu o‘lchash ob’ekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat 
    ba’zi matematik qayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan 
    kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi. 
    O‘lchash natijasi 
    - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash 
    birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi. 
    X=n[x], 
    (3.2) 
    bu erda X - o‘lchanadigan kattalik; n - o‘lchanayotgan kattalikning qabul qilingan 
    o‘lchov birligidagi son qiymati; [x] - o‘lchash birligi 
    O‘lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o‘lchash natijalari 
    o‘zgarmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik 
    boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. SHuning uchun, keyingi paytlarda, 
    ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassislarda o‘lchash haqidagi tushuncha 
    quyidagicha ta’riflanadi. 


    26 
    O‘lchash 
    – bu izlanayotgan kattalik haqida informatsiya qabul qilish va 
    o‘zgartirish jarayonidir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad shu o‘lchanayotgan 
    kattalikning ishlatish, o‘zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay 
    formadagi ifodasini ishlab chiqishdir. 
    O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi 
    bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k. 
    O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari 
    (yo‘llari) mavjuddir. Quyida shu yo‘llar bilan tanishib chiqamiz (3.1-rasm). 

    Download 1,55 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish