60
bo‘yicha va buzilishga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida
ko‘rsatma yozish;
-
o‘lchash vositalarining tasdiqlanmagan turini yoki tasdiqlangan turiga
nomuvofiq turlarini chiqarishni va qo‘llanishni taqiqlash;
-
o‘lchash vositalariga tamg‘alangan qiyoslash (kalibrlash) belgilarini
o‘chirish va (yoki) qiyoslash va kalibrlanganlik to‘g‘risidagi guvohnomani bekor
qilish; attestatlanmagan o‘lchashlar uslubiyotidan foydalanishni man etish;
-
turini tasdiqlash maqsadida sinovlardan yoki metrologik attestatlashdan
o‘tmagan, qiyoslanmagan (kalibrlashdan o‘tmagan), shu jumladan qiyoslash
muddati tugagan (kalibrlanganlik muddati tugagan) yoki texnik nosoz o‘lchash
vositalaridan foydalanishni taqiqlash;
-
o‘lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, sotish, ijaraga berish
huquqining ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish;
-
o‘lchash vositalarini sinash, qiyoslash, kalibrlash, o‘lchash vositalari va
o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatlash huquqiga
akkreditlanganlik sertifikalarini (attestatlarini) bekor qilish bo‘yicha takliflar berish;
-
metrologik talablarga mos kelmaydigan qadoqlangan mollarni tayyorlash
va sotishni man etish;
-
metrologik me’yorlar va qoidalarni buzuvchilarga nisbatan amaldagi
qonunlarga ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llanish.
Davlat va xo‘jalik boshqaruv metrologik xizmatlarining idoralari o‘z
tuzilmalariga kirgan tadbirkorlik sub’ektlariga, metrologik nazorat natijalari
bo‘yicha metrologik me’yorlar va qoidalarning buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha
ko‘rstamalar berishga huquqlidir.