• 1.8 O‘lchash vositalarini kiyoslash tartibi va qiyoslash ishlarini tashkillashtirish
  • Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246629
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2

    asosiy maqsadlari


    mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning 
    samaradorligini oshirish; 

    detallar va agregatlarning o‘zaro almashuvchanligini ta’minlash; 

    moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish 
    ishonchliligini ta’minlash; 

    atrof-muhitni himoya qilish; 

    salomatlikni saqlash va hokazolar. 


    55 
    Metrologik ta’minot darajasi mahsulotning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Bu 
    ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida metrologik profilaktika ishlariga 
    va ishlab chiqarishni tayyorlashdagi metrologik ta’minot masalalariga alohida 
    ahamiyat beriladi. Bu esa o‘z vaqtida respublikamizda bozor munosabatlarini 
    yanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eskport 
    imkoniyatini oshirilishiga munosib zamin yaratadi. 
    1.8 O‘lchash vositalarini kiyoslash tartibi va qiyoslash ishlarini 
    tashkillashtirish 
    Davlat tekshiruvi va nazorati sohasida foydalaniladigan, qiyoslanishi lozim 
    bo‘lgan O‘Vning ro‘yxati O‘zstandart Agentligi tomonidan tasdiqlanadi. 
    O‘V ni Davlat qiyoslashini davlat metrologik xizmati idoralari o‘tkazadi, 
    lekin O‘V ni qiyoslash huquqi yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik 
    xizmatlariga ham topshirilishi mumkin. 
    Boshqa davlatlarda bajarilgan O‘V ni qiyoslash natijalari xalqaro 
    shartnomalar va bitimlar asosida tan olinadi. 
    Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta’minlangan va import bo‘yicha 
    sotib olinadigan O‘V ni qiyoslashni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha asosiy 
    nizomlar O’z DSt 8.003:2005 “O‘z O‘DT. O‘lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy 
    nizomlar” da bayon etilgan. 
    Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta’minlangan va import bo‘yicha 
    sotib olinadigan barcha O‘V davlat qiyoslashidan o‘tishi lozim. 
    O‘V birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert 
    qiyoslashdan o‘tkaziladi. 
    Ishlab chiqarishdan yoki ta’mirlashdan chiqqan va import bo‘yicha 
    keltiriladigan O‘V birlamchi qiyoslashdan o‘tkaziladi. O‘V ning har bir nushasi 
    birlamchi qiyoslashdan o‘tkaziladi. O‘V yalpi ishlab chiqarilganda tanlab qiyoslash 
    ruxsat etiladi. Tanlab birlamchi qiyoslash qoidalari, o‘tkazish tartibi bu O‘V ni 
    qiyoslash metodikasida ko‘rsatiladi. 
    Ekspluatatsiyada turgan yoki operativ saqlanayotgan O‘V qiyoslashlararo 


    56 
    oraliq vaqtlardan keyin davriy qiyoslashdan o‘tkaziladi. Davriy qiyoslash vaqti 
    o‘lchash vositasining bu davr ichida yaroqliligini ta’minlashni hisobga olgan holda 
    aniqlanadi va belgilanadi. 
    Davriy qiyoslashlar o‘rtasidagi vaqt: 
    davlat qiyoslashiga taqdim etilgan o‘lchash vositasiga davlat metrologik 
    xizmati idoralari tomonidan belgilanadi. 
    Davlat davriy qiyoslashi namunaviy va ishchi O‘V ni qiyoslash grafiklari 
    (shartnomalari) da belgilangan kalendar muddatlarda o‘tkaziladi. 
    Ekspluatatsiyada turgan va saqlanayotgan O‘V uchun navbatdan tashqari 
    qiyoslash quyidagi hollarda o‘tkaziladi: 

    qiyoslashlararo davrning yarim vaqti o‘tgandan keyin o‘lchash vositasidan 
    butlovchi sifatida foydalanilganda; 

    qiyoslash tamg‘asi, plombasi, shikastlanganda yoki O‘V ning birlamchi 
    yoki davriy qiyoslashdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qolganda; 

    agar qiyoslash tamg‘asining yoki o‘lchash vositasining qo‘llanishga 
    yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatning amal qilinish muddati tugagan bo‘lsa, 
    saqlashdan olinib ekspluatatsiyaga kiritishda; 

    qiyoslashlararo vaqt ichida xaridga chiqarilmagan O‘V ni tayyorlovchi 
    korxona iste’molchiga etkazib berishda. 
    O‘lchash vositasining holati va qo‘llanilishini davlat nazoratidan va mahkama 
    tekshiruvidan o‘tkazishda O‘V ning qo‘llanishga yaroqli ekanligini aniqlash uchun 
    inspeksion qiyoslash o‘tkaziladi. O‘V ni inspeksion qiyoslash natijalari davlat yoki 
    mahkama tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi. 
    Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda o‘tkaziladigan vositalar: 
    a)
    davlat metrologik xizmatlarining va tadbirkorlik sub’ektlarining 
    namunaviy o‘lchash vositalri; 
    b)
    o‘zining bevosita vazifasiga muvofiq namunaviy O‘V sifatida yoki 
    tayyorlashga buyurtnoma shartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan O‘V; 
    v) nurlanishni ionlovchi va tarkibida nurlanishni ionlovchi manba bor 
    bo‘lgan O‘V; 


    57 
    g) asboblarni ta’mirlovchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari chiqargan, ta’mirdan 
    keyin boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga berish uchun mo‘ljallangan O‘V; 
    d)
    milliy va xalqaro sport rekordlarini qayd qilish bilan bog‘liq o‘lchash 
    vositalari; 
    e)
    davlat arbitraj idoralari tomonidan ekspertiza o‘tkazishda, shuningdek 
    bojxona tekshiruvida o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan O‘V; 
    k) o‘lchash uchun ishchi O‘V sifatida qo‘llaniladigan, o‘lchash natijalari: 
    tabiatni muhofazalash; 
    sog‘liqni saqlash; 
    mehnat xavfsizligini ta’minlash; 
    barcha turdagi transportning harakat xavfsizligini ta’minlash; 
    ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xavfsizligini ta’minlash;aloqa 
    tizimlarini ta’minlash; 
    xo‘jaliklararo o‘zaro hisoblashlar;savdoning barcha turlari; 
    aholiga pulli xizmatlarning barcha turlari uchun qo‘llaniladigan O‘V. 
    O‘lchash vositalarini qiyoslash davlat yoki mahkama qiyoslovchisi malakasi 
    berilaganligi to‘g‘risida amaldagi guvohnomasi bor shaxslar tomonidan bajariladi. 
    O’zDst 8-010-3 davlat standartida o‘o‘lchash vositasining qiyoslashga doir 
    atamalarga ta’riflar o‘rnatilgan: 

    Download 1,55 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish