• Namangan davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot yoʼnalishi 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8363319
  • Yosh olimlar




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana18.09.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #271523
      1   2
    Bog'liq
    Yosh olimlar 1051



    YOSH OLIMLAR 
    ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
     
    in-academy.uz/index.php/yo 
    201 
    SANOAT TARMOQLARI VA UNDA TARKIBIY O’ZGARISHLARNING 
    YO’NALISHLARI 
    Olimov Shohijahon Fozilxon oʼgʼli 
    Namangan davlat universiteti 
    Iqtisodiyot fakulteti 
    Iqtisodiyot yoʼnalishi 3-bosqich talabasi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.8363319
    Annotatsiya. 
    Ushbu maqolada sanoat tarmoqlari va undagi tarkibiy o’zgarishlarning 
    yo’nalishlari o’rganilib, xulosalar keltirib o’tilgan. 
    Kalit so’zlar: 
    sanoat, to’qimachilik, yengil sanoat, infratuzilma, sanoat kompleksi. 
    Kirish. 
    Mustaqilliq yillarida qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini joriy qilish sohasida 
    katta ishlar qilindi. Jumladan, ushbu tarmoq batamom davlat tasarrufidan chiqarildi, 
    mulkchilikning turli shakllari tashkil etildi va buning natijasida o’ziga xos raqobat muhiti 
    vujudga keltirilmokda. Zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq joylariga sanoatni 
    kiritish bo’yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
    qayta ishlashga ixtisoslashgan yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida sezilarli yutuqlarga 
    erishildi. Mamlakatimizda paxta, don mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari yaxshi 
    rivojlandi, bu tarmoqlarga tegishli qator ko’shma korxonalar barpo etildi. 
    Biroq bu borada to’la hal qilinmagan muammolar ham mavjud. Respublikamiz Birinchi 
    Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, "Bugungi kunda ichki iste’mol bozorini oziq-ovqat va 
    nooziq-ovqat tovarlar bilan to’ldirish borasida yuzaga kelgan ahvol bizni qoniqtirmaydi. Ichki 
    bozorimizni to’ldirish va aholini, birinchi navbatda, sanoat iste’mol tovarlari bilan ta’minlash 
    xususan, so’nggi vaqtda ko’proq importga, boshqacha qilib aytganda, chetdan mol olib 
    kelishga bog’liq bo’lib qolganini sezish uchun katta mutaxassis bo’lish shart emas".[1] 
    Mustaqillikning o’tgan davri uchun iqtisodiy siyosatning yo’nalishi va xususiyatlari doirasida 
    belgilangan milliy iqtisodiyot strukturasida professiv o’zgarishlarni amalga oshirish, 
    tarmoqlararo va tarmoq ichki mutanosibliklarini (proportsiyalarini) takomillashtirish, fan-
    texnika taraqqiyotini belgilovchi tarmoqlarni ustuvor rivojlantirishni davom ettirish vazifasi 
    muhim ahamiyatga molikdir. 
    Davlat strategiyasiga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish va jumladan, sanoat strukturasini rejali 
    tarzda takomillashtirish ko’z ilg’aydigan istiqbolda: 
    -
    xalq xo’jaligi va uning yetakchi tarmog’i bo’lgan sanoatni balans-lashtirilgan tarzda va izchil 
    rivojlantirish; 
    -
    iqtisodiyotni, xususan, sanoatni asosan intensiv rivojlantirish yo’liga o’tkazish, uning 
    samaradorligini oshirish, moddiy mehnat va moliyaviy resurslar iste’molini 
    ratsionallashtirish, ularni har tomonlama tejash; 
    -
    iqtisodiyotning, jumladan, sanoatning ijtimoiy yo’nalishini yanada kuchaytirish, milliy 
    iqtisodning aholi faravonligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil vazifalar tomon yanada 
    chuqurroq burilishini ta’minlash lozim. 
    Bir butun qismlarning muayyan o’zaro aloqasi, bir-biriga nisbatan joylashuvi bo’lgan 
    strukturaning ahvolini proportsiyalar (mutanosibliklar) juda ham aniq va konkret tarzda 
    ifodalaydi. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini chuqur bilib olish va ularni rejalar, bashoratlar 
    va loyihalarda tatbiq etish, ijtimoiy va shaxsiy iste’molni, fan-texnika taraqqiyotining, milliy 
    iqtisodning tegishli ishlab chiqarishlari va tarmoqlari rivoji istiqbollarini sinchkovlik bilan 


    YOSH OLIMLAR 
    ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
     
    in-academy.uz/index.php/yo 
    202 
    hisobga olish, rejalarni zarur rezervlar bilan mustahkamlash - ana shularning hammasi 
    rejalashtirish texnologiyasining eng muhim tarkibiy, tuzilmaviy qismlari bo’lib, ularga qat’iy 
    rioya qilish vazifalarining mutanosibligi, balanslashtirilganligi qo’yilgan maqsadlarga 
    erishishdagi ishonchliligi, ta’sirchanligining shartidir. 
    O’zbekiston davlatining iqtisodiy strategiyasida xalq xo’jaligi strukturasini takomillashtirish, 
    uning tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan muhim topshiriqlar hamda bu tarmoqlarning 
    marralari batafsil belgilab berilgan. 
    Takror ishlab chiqarishning hozirgi sharoitlarida iqtisodiy o’sish iqtisodiyot ko’lamining 
    o’sishi bilangina emas, balki iste’molda ham, ishlab chiqarishda ham strukturaviy siljishlar
    ularning tezligi va samara-dorligi bilan aniqlanadi. 
    Strukturani aniqlovchi siyosatni shakllantirish iqtisodiyotdagi strukturaviy o’zgarishlarni sifat 
    jihatdan baholashni aniqlashning printsipial xususiyati iqtisodiyotning o’sish sur’ati 
    ko’rsatkichlarining degragratsiya yuz berishi muammosini hal etishi zarurligidir, chunki ayni 
    bir sur’atning o’zi bir necha tarmoqlarning turli o’sish sur’atlarida ifodalanishi mumkin. Bu bir 
    xil bo’lmagan iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kachadi. Bu muammo oqibatda u yoki bu 
    sohaga ustuvorlik (afzallik) berish tizimini yaratilishini taqozo etadi. Masalan, fan-texnika 
    taraqqiyotida to’liq aks etadigan sohalar ajralib turadi: yoqilg’i-energetika, elektronika, 
    mashinasozlik, kimyo. SHuning uchun bu tarmoqlar o’sish sur’atlari bo’yicha sanoat o’sishidan 
    yuqori turishi kerak. Mashinasozlikning tarmoq strukturasida ham jiddiy o’zgarishlar yuz 
    berishi zarur. Kimyoda orgtexnologiyani qo’llab, nozik organik sintez mahsulotlarini ishlab 
    chiqarish jadal sur’atlarda rivojlanishi zarur. 
    Strukturaviy o’zgarishlarning yo’nalishi, ularning jadalligi va ko’lamini aniqlash muhim ish. 
    Ayni vaqtda iqtisodiy darajasi bir xil yoki iqtisodiyotdagi struktura yo’nalishlari o’zgarishi 
    o’xshash bo’lgan mamlakatlar guruhi bo’yicha tarmoqlararo komplekslar va ayrim tarmoqlar 
    ishlab chiqarishi va iste’molining rivojlanishidagi umumiy qonuniyat-larni aniqlash - bu, 
    barcha analitik materiallar istiqbolni rejalash-tirishning muhim zamini hisoblanadi. 
    SHu bilan birga, struktura yo’nalishlari o’zaro muvofiqlashtirilishi kerak, chunki rivojlanish 
    strategiyasiga muvofiq tarmoqlararo komplekslar va tarmoqlarni rivojlantirish 
    uyg’unlashtirilishi zarur. 
    O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning birinchi chaqiriq O’zbekiston 
    Respuolikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida qilgan ma’ruzasi va keyingi chiqishlarida 
    mamlakatimizning yangi - XXI asr boshlaridagi asosiy vazifalari aniq belgilab berilgan. Ularda 
    tabiiyki, yangi asrga qadam qo’ygan mamlakatimizning «iqtisodiyotni isloh etish va jamiyatni 
    o’zgartirish borasidagi ishlar natijasini xolis baholash» bilan birgalikda «ustuvor yo’nalishlar 
    va bundan keyingi rivojlanish strategiyasini shakllantirish» masalalariga alohida e’tibor 
    qaratilgan. 
    Yangi asrning dastlabki yillaridagi taraqqiyot strategiyasi, jamiyatni yangilash, barcha 
    sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasidagi faoliyat 6 ta ustuvor yo’nalishdan 
    iborat. Birinchi ustuvor yo’nalish - aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish, ikkinchi 
    ustuvor yo’nalish - mamlakat siyosiy va iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada 
    jadallashtirish, uchinchi ustuvor yo’nalish - jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish, 
    to’rtinchi ustuvor yo’nalish - kadrlar tayyorlash, beshinchi ustuvor yo’nalish - iqtisdiyotda 
    tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash, oltinchi ustuvor yo’nalish - jamiyatdagi barqarorlik, 


    YOSH OLIMLAR 
    ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
     
    in-academy.uz/index.php/yo 
    203 
    tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz 
    hududiy yaxlitligini ta’minlashdan iborat. 
    Ana shu ustuvor yo’nalishlardan biri iqtisodiyotda, shu jumladan, sanoatda ham tarkibiy 
    o’zgarishlarni amalga oshirish bo’lib, sanoat boshqaruvi tuzilmasini yaxshilashdan tortib 
    korxonalarni yangilash va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatning boy tabiiy va 
    mineral xomashyo salohiyatidan to’la, samarali foydalanishga, eksportga moslangan va 
    import o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etishga qaratilmog’i 
    darkor. 
    Iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish jarayonida, ayniqsa, investitsiya dasturini amalga oshirish 
    muhim ahamiyatga ega. Bu borada mamlakatda mo’’jizaviy ishlar qilinmoqda.
    Respublika iqtisodiyotida, shu jumladan, sanoatda tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash natijasida 
    davlatning qudratini yanada orttirish, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, yurtni obod 
    etish va xalqning farovonligini yuqori darajaga ko’tarish mumkin. 
    Ijtimoiy mehnat taqsimoti ma’lum buyum va mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining o’sishi va 
    fan-texnika taraqqiyoti natijasidir. Ishlab chiqarish ko’lamining kengayishi esa ixtisoslangan 
    ishlab chiqarishning kontsentratsiyalashuvi va kichiklashuvi, yangi sanoat tarmoq-larining 
    tashkil topishi va ilgari bunyod etilganlarni takomillash-tirishni taqozo etadi. 
    Ijtimoiy mehnat taqsimotining mohiyati va ahamiyati to’g’risida so’z borganda, shuni aytish 
    kerakki, u tufayli xo’jalik rivojlanishi natijasida sanoatning ayrim va mustaqil tarmoqlari 
    ko’payadi, bu rivojlanish tendentsiyasi har bir ayrim mahsulotni chiqarishnigina emas, hatto 
    mahsulotning har bir ayrim qismini ishlab chiqarishni ham va faqat mahsulot ishlab 
    chiqarishnigina emas, hatto mahsulotni iste’mol qilishga tayyorlashdagi ayrim ishlarni ham 
    sanoatning alohida tarmog’iga aylantirishdan iborat. 
    Ijtimoiy mehnat taqsimoti uch shaklda: umumiy, xususiy va ayrim, birlamchi shaklda ro’y 
    beradi. Xalq xo’jaligining yirik sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va 
    aloqaning vujudga kelishi umumiy mehnat taqsimotining mahsulidir. Bu tarmoqlarning har 
    birida sohalarning mustaqil ravishda ajralib chiqishi xususiy mehnat taqsimoti natijasidir. 
    Birlamchi mehnat taqsimoti esa, ishlab chiqarishni korxona ichida - tsexlar, uchastkalar va 
    yangi ish joylari tashkil etish bilan bog’liqdir.
    U yoki bu ishlab chiqarish faqat ma’lum texnik - iqtisodiy asos (zamin) yaratilgandagina 
    alohida sanoat tarmog’iga aylanishi mumkin. Buning uchun, eng avvalo, bir necha turdosh 
    korxonalar bo’lishi lozim. Ular aniq mustaqil sanoat tarmog’iga birlashtirish imkoniyatini 
    beradigan ma’lum belgiga ega bo’lishi kerak. 
    Sanoat tarmog’i - ishlab chiqarish uyushmalari, kombinatlari va korxona (firma)lari 
    yig’indisidir. Tarmoq hosil etish uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega 
    bo’lishlari kerak: 

    ishlab chiqariladigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligi; 

    ishlatiladigan xomashyo va asosiy materiallarning o’xshashligi; 

    ishlab chiqarish texnik bazasi va texnologik jarayonlarining umumiyligi; 

    ma’lum kasbdagi kadrlar tarkibining umumiyligi; 
    ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga o’xshashligi va hakozolar. 
    Sanoat ishlab chiqarishni ilmiy jihatdan asoslangan ravishda tahlil etish va rejalashtirish, 
    uning samaradorligini aniqlash va boshqarish uchun tarmoqlarni tasniflash, ya’ni ma’lum 
    guruhlarga ajratish lozim. 


    YOSH OLIMLAR 
    ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
     
    in-academy.uz/index.php/yo 
    204 
    Sanoat tarmoqlarini guruhlashda asosiy e’tibor tayyorlanadigan mahsulotning iqtisodiy 
    mazmuniga qaratiladi. Mahsulotning iqtisodiy jihatdan bir maqsadga javob berishi belgisiga 
    qarab, sanoat ikki yirik guruhga bo’linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi (“A” 
    guruh), iste’mol buyumlari ishlab chiqaruvchi (“B” guruh). 
    Ma’lumki, deyarli barcha sanoat tarmoqlarida ham ishlab chiqarish vositalari, ham iste’mol 
    buyumlari sifatida foydalanish mumkin bo’lgan mahsulotlar tayyorlanadi. Shu sababli 
    rejalashtirish va hisob-kitob yuritishda ba’zi sanoat tarmoqlari «A» yoki «B» guruhga 
    kiritilishi mumkin. 
    Mehnat vositalarning mehnat buyumlariga ta’sir ko’rsatishiga qarab sanoat qazib oluvchi va 
    ishlov beruvchi tarmoqlarga bo’linadi. Sanoatning bunday ikki qismga bo’linishi ishlab 
    chiqarish aloqalarini ko’rsatishga, material va yoqilg’i-energetika resurslarini, ishlab 
    chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni asoslab berishga imkon 
    yaratadi. 
    Ishlab chiqariladigan mahsulotning funktsional vazifasiga binoan ham tarmoqlarni guruhlash 
    mumkin. Bunda alohida guruhlar, bir qator tarmoqlar, masalan, yoqilg’i ishlab chiqaruvchi — 
    yoqilg’i sanoati, oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlovchi — oziq- ovqat sanoatiga birlashishi 
    mumkin. 
    Hozirgi paytda barcha sanoat tarmoqlari 18 kompleks tarmoqqa birlashtirilgan (1-jadval). 
    1-jadval 

    Download 0,75 Mb.
      1   2




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish