• O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati.
  •  Ishlab chiqarish tarmoqlarida metrologik xizmat




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246629
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2

    1.7. Ishlab chiqarish tarmoqlarida metrologik xizmat 
    Metrologik xizmat – Davlat idoralari va yuridik shaxslar metrologik 
    xizmatlarining tarmoqlari va ularning o‘lchashalr birliligini ta’minlashga 
    yo‘naltirilgan faoliyati. 
    O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining tashkiliy asosi davlat metrologik 
    xizmati va yuridik shaxslarning metrolgik xizmatlaridan tashkil topgan O‘zbekiston 
    Respublikasining metrologik xizmati bo‘ladi. 
    O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati. 
    “O‘zstandart” 
    Agentligi 
    boshqaradigan 
    davlat 
    metrologik 
    xizmatiga 
    Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasidagi, viloyatlardagi va Toshkent shaharidagi davlat metrologik xizmat 
    idoralari kiradi. 
    Davlat metrologik xizmat idoralari davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini, 
    shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini ham bajaradi. 
    Davlat metrologik xizmatga “O‘zstandart” Agentligi rahbarlik qiladi. 
    “O‘zstandart” Agentligi nomidan milliy idora vakolatlariga quydagilar 
    kiradi: 

    metrologiya sohasida, metrologik faoliyatni hududlararo va tarmoqlararo 
    muvofiqlashtirishda yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 

    milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va asrash qoidalarini 
    o‘rnatish va ularning xalqaro darajada taqqoslanishini ta’minlash; 

    o‘lchashlar vositalariga, metodlariga va natijalariga umumiy metrologik 
    talablarni belgilash; 

    davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish; 

    metrologik masalalar bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan 
    O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida majburiy kuchga ega bo‘lgan 
    hujjatlarni boshqa davlat boshqaruv idoralari bilan birgalikda qabul qilish; 

    metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash; 

    O‘zbekiston 
    Respublikasining 
    metrologiya 
    sohasida 
    xalqaro 
    shartnomalariga rioya qilinishini tekshirish; 


    51 

    xalqaro tashkilotlarning metrologiya masalalari bo‘yicha faoliyatida 
    qatnashish; 

    O‘zbekiston o‘lchashlar birligini ta’minlash tizmi (O‘z O‘BTT) ning ishini 
    va rivojlanishini, xalqaro o‘lchashlar tizimi va boshqa mamlakatlarning o‘lchashlar 
    tizimlari bilan uyg‘unlashtirishni ta’minlash; 

    iste’molchilarning huquqlarini, insonlarning sog‘ligi va xavfsizligini, atrof 
    muhitni va davlat manfaatlarini o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy 
    ta’sirlaridan himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish. 
    “O‘zstandart” Agentligi to‘g‘risida Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
    Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi №373-sonli Qarori bilan tasdiqlangan. Unga 
    ko‘ra Davlat metrologik xizmatiga quyidagilar kiradi: 

    Milliy etalonlar markazi; 

    Metrologik xizmat Bosh markazi; 

    Standart namunalar Bosh markazi; 

    Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot 
    instituti (SMS ITI) Malaka oshirish markazi (MOM) bilan birga; 

    sinash va sertifikatlashtirish hududiy markazlarining (SSM) ning 
    metrologik laboratoriyalari; 

    standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB); 

    Axborot-ma’lumotnoma markazi. 
    Milliy etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi etalon zahirasini 
    rivojlantirish va mukammallashtirish, kattaliklar birliklarining davlat etalonlarini 
    yaratish, saqlash va qo‘llanish bo‘yicha ishlarni olib boradi. 
    Metrologik xizmat Bosh markazining vazifalari SMS ITI ga yuklatilgan 
    bo‘lib, o‘lchashlar birliligini ta’minlash ilmiy-metodik, texnik-iqtisodiy, tashkiliy, 
    me’yoriy asoslarini yaratadi, metrologiya sohasida kadrlar tayyorlash va malaka 
    oshirish ishlarini bajaradi. 
    Standart namunalar Bosh markazi, buning vazifalari ham SMS ITI ga 
    yuklatilgan, moddalar va materialllar tarkibi va xossalarining standart namunalari 
    davlat xizmatiga ilmiy-metodik rahbarlik qiladi, yuridik shaxslarning standart 


    52 
    namunalarini 
    chiqarish 
    va 
    qo‘llanish 
    tartibi 
    bo‘yicha 
    faoliyatlarini 
    muvofiqlashtiradi, mamlakatimizda chiqariladigan davlat standart namunalarini 
    ekspertiza qilish va attestatlashni amalga oshiradi. 
    Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha Markaz, hududiy SSM ning 
    metrologik laboratoriyalari, hududiy SMB o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
    bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati 
    qo‘llaniladigan sohada metrologik tekshiruv va nazoratni O’z DSt 8.002:2002 “O‘z 
    O‘DT. Metrologik tekshiruv va nazorat. Asosiy nizomlar” bo‘yicha o‘tkazadi. 
    Axborot-ma’lumotnoma markazi me’yoriy hujjatlar jamg‘armasini saqlaydi 
    va O‘z O‘BTT qatnashchilarini axborotlar bilan ta’minlaydi. 

    Download 1,55 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ishlab chiqarish tarmoqlarida metrologik xizmat

    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish