Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/75
Sana20.05.2024
Hajmi1,55 Mb.
#246629
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
Bog'liq
Monografiya - Eshonqulova 2

Xususiy energiya sarfi. 
Bu xususiyat ham muhim hisoblanib, asbobning 
o‘lchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni 
baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kam quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni 
bajarishda juda muhimdir. 
O‘lchash vositalarining istalgan uning kirishiga yoki chiqishiga ulangan 
komponentlari bilan (o‘lchash ob’ekti, o‘lchash vositasi) o‘zaro ta’siri o‘lchash 
xatoligining asbobiy tashkil etuvchisini o‘zgartiradi va bu holatni baholashda 
o‘lchash vositasining 
kirish va chiqishidagi impedansi 
(to‘la qarshilik) kabi 
xususiyatlari ham ishlatiladi. Metrologik amaliyotda ko‘rsatilgan tushunchalar 
quyidagicha ta’riflanadi. 
O‘lchash vositalarining kirish (chiqish) impedansi – bu o‘lchash vositasining 
kirish (chiqish) ga ta’sir etuvchi umumlashgan kuchning, o‘lchash vositasi kirish 
(chiqish) zanjiridagi jarayonni xarakterlovchi umumlashgan tezligiga nisbatidir. 
“Impedans” atamasini istalgan fizik tizimlar (mexanik, gidravlik, magnit, elektr) 
uchun qo‘llash mumkin. 
Misol, elektr zanjirida umumlashgan kuch – elektr kuchlanishi, umumlashgan 
tezlik esa elektr toki hisoblanadi. Ko‘rsatilgan kattaliklarning nisbati Om qonuni 
bo‘yicha elektr qarshiligini bildiradi. 
O‘lchash vositalarining muhim metrologik xususiyatlaridan biri o‘lchash 
diapazoni (chegarasi) dir. 
O‘lchanadigan kattalikning o‘lchash vositalari uchun yo‘l qo‘yiladigan 
xatoliklarini me’yorlangan qiymatlari oralig‘i o‘lchash asbobi yoki o‘lchash 


46 
o‘zgartkichining 
o‘lchash diapazoni 
deyiladi. 
Texnik asboblarda, odatda, o‘lchash diapazoni bilan ko‘rsatuvlar diapazoni 
mos keladi. O‘lchash diapazonining eng kichik va eng katta qiymatlari 
o‘lchash 
chegarasi 
deyiladi. 
Masalan, statsionar o‘lchash kuchlanish transformatorlarining o‘lchash 
diapazoni 0
,8

U
1H
 
dan to 
1,2

U
1H
 
gacha bo‘lib, (
U
1H
 
transformator kirishidagi 
nominal kuchlanishi) kuchlanishning 
0,8

U
1H
 
dan kichik va 
1,2

U
1H
 
dan yuqori 
kuchlanishlari uchun xatoliklar me’yorlanmaydi. 

Download 1,55 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish