• YOrug‘lik nurli ossilograflar.
  • Statik xarakteristika
  • Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246629
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2

    O‘ziyozar asboblar. 
    O‘lchanayotgan kattaliklar (tok, kuchlanish, quvvat va 
    boshqalar)ni uzoq vaqt davomida yozish uchun qayd qiluvchi (o‘ziyozar) 
    asboblardan foydalaniladi. 
    O‘ziyozar asboblar ko‘rsatkichlarni yozish uchun maxsus qurilma va 
    (ko‘pchilik holatlarda ferrodinamik) tizimlardan iborat o‘lchash mexanizmi 
    mavjud. 
    YOrug‘lik nurli ossilograflar. 
    YOrug‘lik nurli ossilograflar elektrik 
    jarayonlar tezlik bilan o‘tishini kuzatish va rasmga olish uchun mo‘ljallangan. 
    Ossilografning asosiy elementi magnitoelektrik asbob tizimlariga o‘xshash 
    prinsipda ishlaydigan ossilografik galvanometr bo‘lib hisoblanadi. 
    1.5
     
    O‘lchash vositalarining metrologik xarakteristikalari 
    O‘lchash vositalari, boshqa texnik qurilmalar kabi ularning vazifa va 
    qo‘llanilishini belgilovchi qator texnik xarakteristikalariga ega. 
    O‘lchash vositalarining sifatini, ularning texnik darajasini baholashda xizmat 
    qiladigan va o‘lchash natijalariga ta’sirini va xatoliklarini baholash maqsadida 
    o‘lchash vositalarining ba’zi xarakteristikalari ajratiladi. O‘lchash vositalarining 
    bunday xususiyatlari 
    metrologik xarakteristikalar 
    deyiladi. Ishlash rejimiga qarab 
    ular statik va dinamik xarakteristikalarga bo‘linadi. 
    Statik xarakteristika 
    deganda o‘lchash vositalarining statik ish rejimidagi 
    parametrlari tushuniladi, yoki boshqacha qilib aytganda kirish kattaligi o‘lchash olib 
    borilgan vaqt davomida o‘zgarmaydi. 
    Dinamik xarakteristika 
    deganda esa, o‘lchash vositasining dinamik 
    rejimidagi xususiyatlarini aks ettiruvchi parametrlari tushuniladi yoki boshqacha 
    aytganda o‘lchash vositasining kirish kattaligi o‘lchash jarayonida o‘zgaradi. 
    Asosiy 
    statik xarakteristikalarga o‘zgartirish funksiyasi, sezgirlik, sezgirlik 
    ostonasi 
    kiradi. 
    O‘zgartirish funksiyasi 
    – bu o‘lchash vositasining kirishidagi (
    X
    ) va 
    chiqishidagi (
    U
    ) kattaliklari qiymatlarining o‘zaro funksional bog‘liqligidir. 


    44 
    O‘zgartirish funksiyasi analitik ifoda bo‘yicha [
    U=f(X) 
    o‘zgartirish 
    tenglamasi], grafik tarzda va jadval ko‘rinishida berilishi mumkin. 
    O‘zgartirish funksiyasi ko‘pincha o‘lchash vositasining 
    graduirovkali 
    xarakteristikasi 
    deyiladi. 
    O‘lchash vositasi uchun (yoki o‘lchash vositasining konkret turi uchun) 
    ko‘rsatilgan o‘zgartirish funksiyasini o‘lchash vositasining 
    nominal o‘zgartish 
    funksiyasi U=f
    H
    (X) 
    deyiladi. 
    Ideal holda o‘lchash o‘zgartkichlari va o‘lchash asboblarining nominal 
    o‘zgartish funksiyasi chiziqli bog‘liqlikda – 
    U=k
    H
    (X) 
    bo‘ladi. Bunday asboblar bir 
    tekis shkalali bo‘lib, ularda ikki qo‘shni belgilari orasidagi oraliq butun shkala 
    bo‘yicha bir xil, ya’ni proporsional bog‘liq bo‘ladi. Asboblarda o‘zgartirish 
    funksiyasining chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv 
    xatoliklarni esa kamaytiradi. 

    Download 1,55 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish