Raqamli o‘lchash asboblar




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/75
Sana20.05.2024
Hajmi1,55 Mb.
#246629
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
Bog'liq
Monografiya - Eshonqulova 2

Raqamli o‘lchash asboblar. 
Raqamli o‘lchash asbobi deb, o‘lchash borasida 
uzluksiz o‘lchanayotgan kattalikni natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki 
raqamlarni 
yozib 
boruvchi 
qurilmada 
diskret 
tarzda 
o‘zgartirilib, 
indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi. Raqamli o‘lchash asboblari hozirgi kunda 
juda keng tarqalgan. 
Raqamli o‘lchash asboblari analog o‘lchash asboblariga nisbatan quyidagi 
afzalliklarga egadir
: yuqori aniqlik; keng ish diapazoni; tezkorlik; o‘lchash 
natijalarini qulay tarzda tavsiya etilishi; avtomatlashtirilgan tarmoqlarga ulash 
mumkinligi; o‘lchash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi va 
hokazolar. 
Lekin, har to‘kisda bir ayb deganlaridek, raqamli o‘lchash asboblarining ham 
muayyan 
kamchiliklari mavjud
: murakkabligi; tannarxining balandligi; nisbatan 
ishonchliligi pastroq. 
Lekin, integral sxemalarning tezkor rivoji natijasida yuqoridagi kamchiliklar 
tobora chekinib bormoqda. 
Raqamli o‘lchash asbobining asosi bo‘lib ARO‘ hisoblanadi. Unda ma’lumot 
diskretlashtiriladi, so‘ngra kvantlanib kodlanadi. Diskretlashtirish - bu muayyan 
(juda qisqa) diskret vaqt oralig‘ida qaydnomalarni olishdir. Odatda, diskretlash 
qadamini doimiy qilishga harakat qilinadi. Kvantlash esa, X(t) kattaligining uzluksiz 
qiymatlarini X
n
diskret qiymatlarning to‘plami bilan almashtirish hisoblanadi. 
Kattalikning uzluksiz qiymatlari muayyan tartiblar asosida kvantlash darajalarining 
qiymatlari bilan almashtiriladi. Kodlashtirish esa, muayyan ketma-ketlikda 
ifodalangan sonli qiymatlarni tavsiya etishdan iborat. 
Diskretlashtirish va kvantlash raqamli o‘lchash asbobining asosiy xatolik 
manbalari hisoblanadi. Bundan tashqari, kvantlash darajalarining soni ham o‘ziga 
yarasha xatoliklar kiritadi. 
Suyuq kristalli indikatorlarning tezkor rivoji raqamli o‘lchash asboblarining 


43 
ixchamlashuviga, energiya sarfining kamayishiga zamin yaratmoqda. 

Download 1,55 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish