o‘lchash vositalari uchun qiyoslash sxemasi -




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/75
Sana20.05.2024
Hajmi1,55 Mb.
#246629
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
Bog'liq
Monografiya - Eshonqulova 2

o‘lchash vositalari uchun qiyoslash sxemasi - 
birlik o‘lchamini etalondan 
ishchi o‘lchash vositalariga uzatishda qatnashuvchi o‘lchash vositalarining 
tobe’ligini belgilovchi me’yoriy hujjat (uzatish usullari va uzatish xatoligi 
ko‘rsatilgan bo‘ladi); 
davlat qiyoslash sxemasi 
- mamlakatda bor bo‘lgan barcha mazkur 
kattalikni o‘lchash vositalariga nisbatan qo‘llaniladigan qiyoslash sxemasi 
mahalliy qiyoslash sxemasi 
- hudud, soha, mahkama yoki alohida muassasa 
(tashkilot) da qo‘llaniladi-gan, mazkur kattalikni o‘lchash vosi-talariga nisbatan 
qo‘llaniladigan qiyoslash sxemasi. 
o‘lchash vositalarini qiyoslash
- o‘lchash vositalarining belgilangan 


58 
talablarga mosligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmati 
idorasi yoki bu ishga vakolatli boshqa idoralar (tashkilotlar) tomonidan bajarila- 
digan amallar majmui. 
o‘lchash vositalarini birlamchi qiyoslash 
o‘lchash vositasini ishlab chiqaril-
ganda yoki ta’mirlangandan keyin, shuninglek o‘lchash vositasini chet eldan to‘p-
to‘p qilib keltirishda, sotishda bajariladigan qiyoslash 
o‘lchash vositalarini davriy qiyoslash 
o‘lchash vositasini foydalanish 
davrida ma’lum vaqt oraliqlarida qiyoslash. Davriy qiyoslash uchun qiyoslashlararo 
vaqt oraliqlari u yoki bu o‘lchash vositasinig barqarorligiga qarab qiyoslash 
me’yoriy hujjatlarida belgilanadi va bir oydan bir necha yilgacha belgilanishi 
mumkin. 
qiyoslash laboratoriyasi 
- o‘lchash vositalarini qiyoslash ni o‘ziga berilgan 
huquqqa muvofiq bajaradigan metrologik xizmat idorasi. 
o‘lchash vositalarini navbatdan tashqari qiyoslash 
o‘lchash vositasini 
navbatdagi davriy qiyoslash muddati kelmasdan oldin bajariladigan qiyoslash. 
Navbatdan tashqari qiyoslash zaruriyati turli sabablar: o‘lchash vositasining 
metrologik xususiyatlari yomonlashgan yoki bunga gumon paydo bo‘lganda, 
foydalanish sharoitlari buzilganda, qiyoslash tamg‘asi buzilganda va boshqa 
kamchiliklar natijasida yuzaga keladi. 
Boshlang‘ich etalonlarni davlat metrologik xizmati idoralari tomonidan 
qiyoslash va (bu idoralar tomonidan qiyoslani-shi mumkin bo‘lmagan) noyob 
o‘lchash vositalarini qiyoslash ixtisoslik bo‘yicha davlat ilmiy metrologik markazlar 
(DIMM) kuchi bilan amalga oshiriladi Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati 
bajarilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari qiyoslanadi. Qiyoslashda etalondan 
foydalaniladi. Qiyoslash ishlari qiyoslash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarda belgilangan 
majburiy talablarga muvofiq bajariladi. Qiyoslashni maxsus o‘qitilgan, Davlat 
metrologik xizmat idoralari tomonidan qiyoslovchilar sifatida attestatsiyalangan 
mutaxassislar bajaradi. Qo‘llanishga yaroqli deb tan olingan o‘lchash vositalarini 
qiyoslash natijalari qiyoslanganlik to‘g‘risida guvohnoma berib, qiyoslanganlik 
tamg‘asini bosib yoki qiyoslash bo‘yicha me’yoriy 


59 
hujjatlarda belgilangan boshqa usullar bilan rasmiylashtiriladi. Qiyoslashni 
o‘tkazish huquqini berish mumkin bo‘lgan boshqa rasmiy vakolatli idoralar sifatida 
yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari qatnashadi. O‘lchash 
vositalarini qiyoslash huquqini berish akkreditatsiyasi bunga vakolatli davlat 
boshqaruv idorasi tomonidan o‘tkaziladi. 
O‘lchash vositalarini kiyoslash ishlarini tashkillashtirishda javobgarlik 
o‘lchash vositalarini ishlab chikaruvchi, ta’mirlovchi va kiyoslash ishlarini olib 
boruvchi korxona va tashkilot raxbarlariga yuklanadi. 
O‘lchash vositalarini kiyoslashni me’yoriy xujjatga va O‘zstandart agentligi 
tomonidan ko‘rsatilgan kiyoslash vositalari va metodiga yoki metodik 
ko‘rsatmalariga muvofik tarzda olib borilishi kerak. 

Download 1,55 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



o‘lchash vositalari uchun qiyoslash sxemasi -

Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish