63
sertifikatlashtirish tizimi qoidalarini tan olish sharti bilan ochiq deb hisoblanadi.
Sertifikatlashtirish mahsulotlar, jarayonlar
va xizmatlarning quyidagi
talablarga muvofiqligini yoki nomuvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha ish olib boradi:
davlatlararo standartlarga (MHD – mustaqil hamdo‘stlik davlatlari);
mahsulotga talablarni belgilovchi O‘zbekiston Respublikasi hududida
qabul qilingan va rasman nashr qilingan me’yoriy hujjatlarga (keyinchalik MH);
O‘zbekiston
Respublikasi
sertifikatlashtirish
milliy
tizimiga
Sertifikatlashtirish idorasi sifatida a’zo bo‘lgan sertifikatlashtirish
tizimlari
doirasidagi xalqaro va milliy chet el standartlariga.
O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi quyidagi
tizimlar bilan o‘zaro bog‘lanishda faoliyat olib boradi:
O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi (O‘z DST);
O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birligini ta’minlash
davlat
tizimi (O‘z O‘DT);
O‘zbekiston Respublikasining akkreditlash tizimi (O‘z AT);
MDH davlatlarining sertifikatlashtirish milliy tizimlari,
shuningdek, bu
ishni boshqarish uchun maxsus huquqga ega bo‘lgan davlat boshqaruv idoralari
boshchiligida faoliyat ko‘rsatayotgan muvofiqlikni tekshiruvchi
boshqa tizimlar
(Sanoatgeokontexnazorati, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston
Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi) bilan o‘zaro bog‘liqlikda
faoliyatini olib boradi.