• Majburiy sertifikatlashtirish
  • Akkreditatsiya
  • majburiy  va  ixtiyoriy




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246629
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2

    majburiy 
    va 
    ixtiyoriy
    . Ishlab chiqarilgan 
    yoki iste’mol etiladigan mahsulot uchun uning tashqi muhitga, inson salomatligiga 
    ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Tashqi muhitga, inson salomatligi va uning 
    xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar, majburiy 
    sertifikatlashtirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, unday mahsulotlar ro‘yxati Davlat 
    tomonidan 
    tasdiqlanib, 
    bu 
    ro‘yxatga 
    kiritilmagan 
    mahsulotlar 
    esa 
    sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir. 
    Majburiy sertifikatlashtirish 
    deganda sertifikatlashtirish xuquqiga ega 
    bo‘lgan idora tomonidan tasdiklangan ro‘yxatga kiritilgan mahsulot, jarayon, 
    xizmatning standartlardagi talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi. 
    Ixtiyoriy sertifikatlashtirish 
    deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, 
    sotuvchi /ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda 
    o‘tkaziladigan mahsulot sertifikatlashtirilishi tushuniladi. 
    Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy 
    aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi uchun, hamda chiqarilayotgan mahsulotlarni 
    sifatini yaxshilash, ularning raqobatdoshlik qobiliyatini oshirish uchun muntazam 
    ravishda sinovlardan o‘tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko‘pincha 
    uchinchi tomon deb ataluvchi tashkilot amalga oshiradi. 


    66 
    Uchinchi tomon tarafidan olib boriladigan sertifikatlashtirish ishlab 
    chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l keng 
    qo‘llanilib, samarali olib borilmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon tarafidan 
    bajarilayotgan 
    sertifikatlashtirish 
    tizimini 
    tashkil 
    etish 
    amalda 
    shuni 
    ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan. Sertifikatlashtirish tarixini 
    ko‘rib chiqadigan bo‘lsak bu faoliyat bilan ishlab chiqaruvchi assotsiyasiyalar, yirik 
    iste’molchilar, standartlashtirish milliy tashkilotlari shug‘ullanib turli tizimlarni 
    yaratganlar. Masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar boshida iste’molchilar 
    tomonidan harbiy maqsadlar uchun ishlatiladigan elektronika mahsulotlarini 
    sertifikatlashtirish tizimi yaratildi. 
    Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan 
    o‘tkaziladigan texnikaviy me’yorga, ish uslubiga, qoidaga muvofiqligini qamrab 
    olgan har qanday tekshiruvdir. SHuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb 
    hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash havfidan himoyalangan qurilmalarning, 
    kemalarning, suzish vositalarining, tayyoralarning, aviatsiya qurilmalarining, atom 
    reaktorlarining va tog‘ texnikasining ishlatilishdagi havfsizligini ta’minlash 
    maqsadida texnikaviy nazorat o‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga 
    oshiradi. 
    Akkreditatsiya 
    – bu nufuzli idora tomonidan, boshqa bir tashkilot yoki 
    shaxsni rasmiy ravishda aniq ishlarni bajarishda to‘la huquqli vakolat berilganligini 
    e’tirof etishidir. 

    Download 1,55 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish