76
gigienik sertifikatni rasmiylashtirish uchun ariza bilan birgalikda
belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish idoralariga (keyingi
o‘rinlarda sertifikatlashtirish idoralari deb ataladi)
muvofiqlik sertifikatini
rasmiylashtirish yuzasidan ariza berishga;
zarurat bo‘lganda tegishli xulosalar
olish uchun veterinariya va
fitosanitariya nazorati organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqlidir.
Ikkinchi bosqich
- sertifikatlashtirish idoralari
tomonidan muvofiqlik
sertifikati berishdagi faoliyat.
Bunda akreditatsiyadan o‘tgan Idoralar sertifikatlashtirish faoliyatiga
qo‘shimcha ravishda, tadbirkorlik sub’ektlarining yozma arizasiga muvofiq davlat
sanitariya nazorati organlarida, davlat veterinariya nazorati va o‘simliklar karantini
bo‘yicha
davlat xizmati organlarida, shuningdek tabiatni muhofaza qilish davlat
organlarida sertifikatlashtirishni o‘tkazish va barcha
zarur xulosalarni olish
yuzasidan agentlik xizmatlari ko‘rsatishga haqlidir.
Bunda namunalar tanlab olinishi, shuningdek ular to‘g‘ri tanlanganligi va ular
tegishli davlat organlariga taqdim etilishi uchun sertifikatlash Idoralari javobgarlikni
o‘z zimmalariga olishga majbur.
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati
ishlarning
murakkabligi darajasiga, ko‘p mehnat talab qilishi va o‘ziga xosligiga
qarab, barcha zarur hujjatlar taqdim qilingan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan 1
oygacha doirada belgilanadi.