81
ostida faqat texnik layoqatligiga akkreditlangan sinov laboratoriyasida
sertifikatlashtirish maqsadida sinovni o‘kazishga ruxsat etiladi. Bunday sinovni, uni
o‘tkazishga topshiriq beruvchi sertifikatlashtirish idorasi bilan bir qatorda sinov
laboratoriyasi xolisonaligi uchun javobgarlikni o‘zlarining zimmasiga olishadi.
Sinov bayonnomalariga bunday holatlarda, sertifikatlashtirish idorasining ekspert-
auditori ham imzo chekadi.
Sinov bayonnomasi arizachi va sertifikatlashtirish idoralariga taqdim qilinadi.
Bayonnomalar nusxasi sertifikat amal qilish muddatidan kam bo‘lmagan muddat
davomida saqlanishi kerak. Bayonnomalar nusxasining muayyan saqlanish muddati
sinov laboratoriyasining hujjatlarida va bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish
tartibida o‘rnatiladi.
Agar mahsulotni sinash alohida parametrlar bo‘yicha turli xil akkreditlangan
sinov laboratoriyalarida o‘tkazilsa, unda mavjud barcha zaruriy sinov natijalari
bo‘yicha ijobiy bayonnomalar bo‘lsa, mahsulot muvofiqligini baholash ijobiy deb
hisoblanadi.
Sinov natijalari salbiy bo‘lgan holatlarda sertifikatlashtirish idorasi arizachiga
sertifikat bermasligi sabablari ko‘rsatilgan xulosani beradi.