Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/75
Sana20.05.2024
Hajmi1,55 Mb.
#246629
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
Bog'liq
Monografiya - Eshonqulova 2

2.3
 
Qurilish mahsulotlarni sertifkatlashtirish 
Qurilish mahsulotlarni sertifkatlashtirish tartibi quyidagi ketma-ketlikdan 
iborat: 
1)
 
Sertifikatlashtirishga 
arizani 
rasmiylashtirish. 
O‘zbekston 
Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi doirasida sertifikatlashtirishni 
o‘tkazish uchun mahalliy yoki xorijiy arizachi qurilish mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish idorasiga sertifikatlashtirish bo‘yicha arizani jo‘natadi. Ishlab 
chiqarilayotgan qurilish mahsulotini sertifikatlashtirish ariza bilan birga quyidagi 


77 
hujjatlarni taqdim qiladi: 

ishlab chiqarilayotgan mahsulot me’yoriy hujjatining nusxasini; 

mahsulotni tamg‘alash namunasini (mahsulot haqida ma’lumot); 

gigienik sertifikat nusxasi (u bor bo‘lsa), davlat sanitariya nazorati idorasi 
daboratoriyasining sinov natijalari va MHda (veterinariya va fitosanitariya xulosalri, 
ekologik sertifikatlar) o‘rnatilgan boshqa talablar to‘g‘risida tarkib topgan 
ma’lumotlar. 
Agarda arizachi bir vaqtni o‘zida muvofiqlik sertifikati va gigienik 
sertifikatlarni olish uchun ariza bergan bo‘lsa, bu holatlarda gigienik sertifikatning 
nusxasini rasmiylashtirishdan so‘ng uni o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi. 
Olib kelinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirishda yuqorida ko‘rsatilgan 
hujjatlardan tashqari arizachi O‘zbekiston Respublikasi hududi bojxonasiga 
kelganligi (tovar-transport nakladnoyi, hisob-faktura, invoys) to‘g‘risida mahsulot 
ilovasi hujjatlari nusxalarini taqdim qiladi. 
Arizani berish paytida sertifikatlashtirish idorasi bo‘lmasa, ariza 
sertifikatlashtirish milliy idorasiga jo‘natiladi. Bir turdagi mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish idorasi bir nechta bo‘lganda, arizachi ulardan hohlaganiga ariza 
berish huquqiga ega. 
Arizachida bunday idoralar va sertifikatlashtirish tartibi haqidagi mu’lumotlar 
bo‘lmasa uni sertifikatlashtirish milliy idorasi yoki SSMdan olishi mumkin. 
Sertifikatlashtirish idorasi 2 kundan ko‘p bo‘lmagan vaqtda arizani ko‘rib 
chiqish va taqdim qilingan hujjatlar taxlilini o‘tkazadi, sertifikatlashtirishning 
barcha asosiy shartlari, bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibida 
o‘rnatilgan asoslar, shuningdek, sertifikatlashtirish sxemasi va sertifikatlashtirishni 
o‘tkazishda muvofiqlik uchun zaruriy me’yoriy hujjatlar to‘g‘risidagi qaror haqida 
arizachiga xabar qiladi. 
Qarorda sinovni o‘tkazishda akkreditlangan sinov laboratoriyasi va sifat 
menejmenti tizimi yoki ishlab chiqarishni (agar bu sertifikatlashtirish sxemasida 
ko‘rilgan bo‘lsa) kim tomonidan sertifikatlashtirishi ko‘rsatiladi. 


78 
Qarorda gigienik sertifikat, veterinariya xulosasi, fitosanitariya yoki ekologik 
sertifikatlarni olish zarurligi ham ko‘rsatiladi. 
Mahsulotni sertifikatlashtirishni o‘tkazish muddati mahsulot me’yoriy 
hujjatlarida o‘rnatilgan sinov muddati va sinov usullariga bog‘lik bo‘ladi, ammo, bir 
oydan ko‘p bo‘lmaydi. 

Download 1,55 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish