Xizmatlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimida qo‘llaniladigan xizmatlarni
sertifikatlashtirish sxemalari
Sxema
raqami
Xizmat ko‘rsatish
sifatini baholash
Xizmat natijalarini
(sinash) tekshirish
Sertifikatlangan
xizmatlarning
inspeksiya nazorati
1.
Xizmatlarni bajarish
tavsiflarini baholash
Xizmat va ishlarning
natijalarini (sinash)
tekshirish
Xizmat va ishlarning
bajarish mahoratini
nazorat qilish
2.
Xizmat ko‘rsatish,
ishlarni bajarish
jarayonini baholash
-
Xizmat ko‘rsatish,
ishlarni bajarish
jarayonini nazorat
qilish
3.
Ishlab chiqarish holatini
tahlil qilish
-
Ishlab chiqarish
holatini nazorat qilish
4.
Tashkilot (korxonani)
baholash
(attesatsiyalash)
-
O‘rnatilgan talablarga
muvofiqligini nazorat
qilish
5.
Sifat tizimini baholash
-
Sifat tizimini nazorat
qilish
Xizmatlarning muvofiqligini baholash.
Xizmatlarning muvofiqligini
baholash xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan me’yoriy hujjatlarning
talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi baholash jarayonida sertifikatlashtirish
bo‘yicha ishlardan tashqari sertifikatlashtirilayotan xizmatga o‘rnatilgan talablarga
muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlardan
foydalanishi mumkin, jumladan,
quyidagilar:
ijtimoiy va ekspert baholash natijalari;
91
tekshirish dalolatnomalari;
sertifikatlar;
xizmatlarning xavfsizligi va sifati ustidan tekshruv va nazoratni amalaga
oshiruvchi davlat nazorat organlari yoki uning hududiy organlarining xulosalari;
iste’molchilar jamiyati uyushmasi va ularning assotsiatsiyasi va
kengashlarining fikr va xulosalari;
me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi
foydalanayotgan texnikaviy hujjatlarning tahlil (ekspertiza) natijalari.
Xizmatlarni
bajaruvchilar
foydalanayotgan
va
sertifikatlashtirishda
tekshirilayotgan tavsiflarga ta’sir qiluvchi texnikaviy hujjatlar me’yoriy
hujjatlarning talablariga muvofiq tahlil qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik va qonun osti hujjatlari talablariga
muvofiq xizmatlar tekshirish (nazorat)dan o‘tkazilib, ushbu xizmat uchun davlat
boshqaruv va ijroya organlari bergan hujjatlar (yong‘in xavfsizligi xulosasi,
ekologiya bo‘yicha xulosa, sanitar-epidemiologiya xulosalari va h.k.) ning
mavjudligi tekshiriladi. Muvofiqlik sertifikatida yuqorida aytilgan hujjatlarga
havolalar qilinishi lozim.
1-
sxema bo‘yicha sertifikatlashtirishda xizmat va ishlarning bajarish
mohirligi baholanadi va inspeksiya nazoratida ular nazorat qilinadi.
2-
sxema sertifikatlashtirishda bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish
jarayoni baholanib, xizmat va ishlarning natijalari tekshiriladi (sinaladi). Inspeksiya
nazoratida xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish jarayonlari nazorat qilinadi.
Jarayonning murakkabligiga bog‘liq holda quyidagilar baholanadi:
jarayonga talablarni belgilovchi hujjatlarning to‘liqligi va dolzarblikga
qayta ko‘rilganligi;
zaruriy qurilmalar, vositalar, jihozlar, o‘lchash (sinash, nazorat) vositalari,
materiallar, binolar va h.k. bilan ta’minlanganligi hamda ularning o‘rnatilgan
talablarga muvofiqligi;
92
metrologik, uslubiy, tashkiliy, dasturiy, axborot,moddiy, huquqiy,
texnikaviy va boshqa ta’minotlari;
jarayonning xavfsizligi va barqarorligi;
ishlab chiqarish xodimlari va xizmatchilarning xizmatlarni va ishlarni
bajarishdagi kasbiy layoqatligi.
3-
sxema bo‘yicha sertifikatlashtirishda ishlab chiqarish holati tahlil qilinadi
shuningdek, inspeksiya nazoratida xizmat va ishlarning natijalari tekshiriladi
(sinaladi).
4-
sxema bo‘yicha sertifikatlashtirishda tashkilot (korxona) baholanadi –
milliy standartlarda o‘rnatilgan talablarga xizmatlar va ishlarni bajarish muvofiqligi
nazorat qilinadi.
5-
sxema bo‘yicha sertifikatlashtirishda sifat tizimi baholanadi va inspeksiya
nazoratida ularni nazorat qilinadi, xizmatlar va ishlarning natijalari tekshiriladi
(sinaladi).
Sifat tizimini baholashni me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq sifat tizimini
sertifikatlashtirish bo‘yicha ekspertlar o‘tkazadi. Sifat tizimiga sertifikat mavjud
bo‘lsa, uni xizmatlarni sertifikatlashtirishda hisobga olish lozim.
Xizmat ko‘rsatishni baholash sertifikatlashtirish sxemalariga bog‘liq holda
quyidagilarni qamrab oladi:
xizmat va ishlarni bajarish mohirligini baholash;
xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish jarayonlarini baholash;
ishlab chiqarish holatining tahlili;
tashkilotni (korxonani) – xizmat va ishlar bajarilishini baholash;
sifat tizimini baholash.
Muayyan turdagi xizmatlarni sertifikatlashtirishni amalga oshirishda
muvofiqlik uchun hujjatlar ro‘yxati mos ravishda MHlarda keltirilgan.
Moddiy xizmat natijalarini sinash akkreditlangan sinov laboratoriyalarida
yoki arizachining o‘lchash vositalari va texnologik qurilmalaridan foydalanish bilan
birgalikda amalga oshiriladi. Namunalarni tanlash akkreditlangan sinov
laboratoriyasi vakili shtirokida yoki ushbu xizmatni sertifikatlashtirish bo‘yicha
93
ekspertning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshiriladi. Mahsulotdan namunani olish
namunalarni tanlash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Agarda bu guruhdagi xizmatni sertifikatlashtirish tartibida ko‘zda tutilgan
bo‘lsa, xizmatlarni sertikatlashtirish bo‘yicha idoraning ekspertiga namunani tanlash
ruxsat etiladi. Sertifikatlashtirishni o‘tkazishda tekshirish va baholash natijalari qayd
etilgan (dalolatnomalar, bayonnomalar) rasmiy hujjatlar, va sertifikatlashtirish
natijalari bo‘yicha asoslangan qarorni qabul qilish rasmiylashtiriladi. Xizmatlarni
baholash natijalari “Xizmat ko‘rsatishni baholash dalolatnomasi” ko‘rinishida
taqdim etiladi.
Xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi o‘rnatilgan talablarga xizmatlarning
muvofiqligini tasdiqlovchi dalolatnomalarni, bayonnomalarni va boshqa hujjatlarni
tahlili asosida muvofiqlik sertifikatiri berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi.
Xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasining qarori ijobiy bo‘lgan holatlarda
muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirib, uni davlat reestida ro‘yxatga oladi va
arizachiga sertifikatni taqdim etadi. Xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi
sertifikatlashtirish natijalarini va sertifikatlashtirilayotgan xizmatning MHni amal
qilish muddatini hisobga olib, 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda sertifikatni amal
qilish muddatini belgilaydi. Sertifikatlashtirish idorasi arizachiga muvofiqlik
sertifikati bilan birga muvofiqlik belgisidan foydalanishga ruxsat beradi.
Agarda natijalar salbiy bo‘lgan holda bekor qilish sabablarini ko‘rsatib,
muvofiqlik sertifikatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni rasmiylashtiradi va uni
arizachiga taqdim etadi.
|