• To‘rtinchi sxema.
  • Beshinchi sxema.
  • Oltinchi sxema
  • Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246629
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2

    Uchinchi sxema. 
    Mahsulot namunalarining turlarini maxsus tasdiqlangan 
    sinov tashkilotlarida o‘tkazish, so‘ngra sotuvchi yoki iste’molchiga yubormasdan 
    turib vaqti-vaqti bilan namunalarning tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi. 
    Ikkinchi sxemadan farqlanuvchi tomoni shuki mahsulot savdo shahobchalariga 
    tushmasdan turib, sinov nazorati o‘tkaziladi va standartga nomuvofiqligi aniqlansa, 
    mahsulotning iste’molchiga jo‘natilishi to‘xtatiladi. 

    To‘rtinchi sxema. 
    Mahsulot namunalarining turlarini xuddi 1-3- 
    sxemalardek 
    sinovdan 
    o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo 
    shahobchasidagi hamda ishlab chiqarishdan olingan namunalarning tekshirish 


    97 
    nazorati vaqti-vaqti bilan o‘tkazish orqali mahsulotning sifati hisobga olinadi. Bu 
    holda mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning chiqarilishiga ma’lum xarajatlar 
    bo‘lgandan keyin standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanadi. 

    Beshinchi sxema. 
    Bu sxema mahsulot namuna turlarini tasdiqlangan sinov 
    tashkilotlarida o‘tkazishga va mahsulot ishlab chiqarishning sifatini baholashga 
    asoslangan bo‘lib, so‘ngra savdo shahobchasida va ishlab chiqarishda namunalar 
    sifatini vaqti-vaqti bilan tekshirilib nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli 
    faqat mahsulotning sifatini nazorat qilibgina qolmay, balki korxonada 
    chiqaziladigan mahsulotning sifatini kerakli darajada bo‘lishini ham nazorat qiladi. 
    Tabiiyki, korxonadagi mahsulot sifatini ta’minlashda, tizimni baholanishida uning 
    mezonini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu usul sanoati rivojlangan 
    mamlakatlarda hamda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida eng ko‘p tarqalgan 
    sxemadir. Birinchi-to‘rtinchi sxemalarga qaraganda bu sxema eng murakkab va 
    nisbatan qimmatroq turadigan sxema bo‘lib, uning afzalligi ite’molchi mahsulot 
    sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch hosil qiladi, bu esa asosiy mezon 
    hisoblanadi. 

    Oltinchi sxema 
    faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta’minlash bilan 
    tizimni baholanishini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona- 
    tayyorlovchini attestatlash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat 
    korxonaning belgilangan sifat darajadagi mahsulotni chiqarish qobiliyati 
    baholanadi. 


    Download 1,55 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish