• Sakkizinchi sxema.
  • To‘qqizinchi sxema.
  • Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246629
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2

    Ettinchi sxema. 
    Mahsulotning har bir tayyorlangan to‘dasidan sinovlarga 
    tanlab olishga asoslangan. Tanlab olish sinovlarining natijalariga qarab to‘dani 
    ortish uchun qaror qabul qilinishi aniqlanadi. Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun 
    tanlanmaning hajmi aniqlanishi lozim, bu esa tayyorlangan to‘daning katta- 
    kichikligiga maqbul bo‘ladigan sifat darajasiga bog‘lik. Qabul qilingan qoidaga 
    asosan tanlanmani to‘plash vakolatlangan sinov tashkilotlari tomonidan amalga 
    oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qo‘llanilishi statistik usulni qo‘llash bilan 
    bog‘liqdir. 

    Sakkizinchi sxema. 
    Har bir tayerlangan, ayrim buyumning standartlar 


    98 
    talabiga muvofiqligi sinovlar o‘tkazib aniqlashga asoslangan. Bu sertifikatlashtirish 
    usulida yuqorida-7 sxemalariga qaraganda ta’minlovchining ma’suliyati ancha 
    yuqori. Tabiiyki muvoffaqiyatli sinovlardan o‘tgan buyumlargina sertifikat yoki 
    muvofiqlik belgisini oladi. 8-sxema mahsulotga nisbatan yuqori va qat’iyroq talablar 
    qo‘yilganda ishlatilishga asoslangan yoki mahsulotning ishlatilishi natijasida 
    standart talablarga mos kelmasligi iste’molchiga katta iqtisodiy zarar etkazganida 
    qo‘llaniladi. Bu xil sertifikatlashtirish qimmatbaho metallardan va qotishmalardan 
    tayyorlanadigan buyumlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bundan asosiy maqsad 
    qimmatbaho metallarning belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning tozaligini 
    tekshirishdir. 

    To‘qqizinchi sxema. 
    Mahsulotlarni deklaratsiya muvofiqligi sertifikati 
    bo‘lib, mahsulot haqidagi deklaratsiya hujjatlari bilan birgalikda sertifikatlashtirish 
    tushuniladi. 
    Buyuk Britaniya instituti tomonidan setrifikatlashtirishning yangi xili 
    yaratilib, bu usul bilan faqat ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarini 
    tasdiqlanishi /attestatlanishi/ga asoslangan. 
    Hozirgi paytda adabiyotlar va informatsion ma’lumotnomalarda har bir 
    sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi va kamchiliklari tahlil etilgan. Bularning 
    ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema to‘liq 
    bo‘lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish 
    tizimini yaratilmoqda. 
    Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi mahsulot 
    sifatining nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy talab etishini, 
    iste’molchi va savdo talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo‘lgan 
    qonunlar va me’yoriy hujjatlar asosida o‘z ishini tashkil etadi. 
    Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o‘tkazish, korxonadagi va savdo 
    shahobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni tashkil qilish 
    va shunga o‘xshashlarni bajarib uchinchi tomon vazifasini bajaradi. 


    99 

    Download 1,55 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish