• Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarga to‘lovlar.
  • Birinchi sxema
  • Ikkinchi sxema.
  • Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246629
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2

    Appellsiya. 
    Sertifikatlashtirish yoki inspeksiya nazorati natijalaridan arizachi 
    norozi bo‘lgan holatlarda sertifikatlashtirish milliy tizimi kengashining apellyasiyasi 
    murojaat qiladi. Tortishuvlar va baxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida 
    o‘rnatilgan tartibda hal qilinadi. 
    Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarga to‘lovlar. 
    Sertifikatlashtirish va 
    inspeksiya nazorati bo‘yicha ishlarga to‘lovlar sertifikatlashtirish milliy tizimining 
    rahbariy hujatlari va xizmatlarni sertifikatlashtirish idorasi bilan arizachi o‘zaro 
    imzolagan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 


    96 
    2.6
     
    Sertifikatlashtirish sxemalari va ularning mohiyati 
    Sertifikatlashtirish bo‘yicha ISO (ingliz tilida qisqarmasi ISO) tarkibidagi 
    qo‘mita tomonidan tayyorlangan hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga 
    oshiriladigan 
    sertifikatlashtirishning 
    sakkizta 
    sxemasi 
    berilgan 
    bo‘lib, 
    respublikamizda ham aynan shu sakkizta sxema asosida va unga qo‘shimcha 1 ta 
    jami 9 ta sxema tadbiq etilgan: 

    Birinchi sxema
    . Bu sxema bilan faqat mahsulot namunalari turlarini 
    standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida 
    sinovdan o‘tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan 
    namunani belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xalos. Bu yo‘l o‘zining 
    soddaligi va unga ko‘p xarajat talab qilmasligi tufayli milliy va halqaro savdo 
    munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan. 

    Ikkinchi sxema. 
    Bu sxemada mahsulotning namuna turlarini maxsus 
    tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra uning sifatini savdo 
    shahobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib 
    boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baholash bilan seriyali 
    chiqayotgan mahsulotning sifatini ham baholash imkonini beradi. Usulning afzalligi 
    uning soddaligidadir. Uning kamchiligiga esa nazorat sinovlar natijasiga qarab, agar 
    mahsulot standart talablariga nomuvofiqligi aniqlanilsa, baribir uni savdo 
    shahobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo‘lmaydi yoki uni chiqarib tashlash 
    uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi. 


    Download 1,55 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish