|
Jizzax-2024 M. N. EshonqulovaBog'liq Monografiya - Eshonqulova 22.7
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish
Mahsulot
deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi
tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida
olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni qanoatlashtirishi uchun
mo‘ljallanadi.
Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli yoki
tayyorlash jarayonida, ishlashda, etishtirishda, ta’mirlashda va shunga o‘xshashlarda
bo‘lishi mumkin.
Mahsulot ta’rifi yana boshqa bir hujjat – ISO 9000 xalqaro standartida qisqa
holda keltirilgan bo‘lib, «
mahsulot - faoliyat yoki jarayon natijasi
» deb
ta’riflangan.
Mahsulot moddiylashtirilgan (masalan, qismlar, qayta ishlanadigan
materiallar) yoki moddiylashtirilmagan (masalan, axborot yoki tushuncha) yoki
ularning o‘zaro uyg‘unlashgan birikmasi sifatida bo‘lishi mumkin. Mahsulot o‘z
ichiga xizmatni ham oladi.
Mahsulotni yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki ishlatilishida
namoyon bo‘ladigan xossasi uning
xolisona ko‘rsatkichi
hisoblanadi.
Mahsulot ko‘pgina turli xossalarga ega bo‘lib, u yaratilishida, sotilishida va
iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo‘lishi mumkin. «
Ishlatilishi
» atamasi
shunday mahsulotga nisbatan ishlatilishi mumkinki, bunda mahsulotdan foydalanish
jarayonida u o‘z resursi hisobiga sarflanadi.
«
Iste’mol
» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, uning
vazifasiga ko‘ra, ishlatilishida o‘zi sarflanadi.
Mahsulot xossalarini shartli ravishda
oddiy
va
murakkab
turlarga bo‘lish
mumkin.
Mahsulotning
oddiy xossasiga
massa, sig‘im, tezlik va boshqa ko‘rsatkichlar
kiradi.
Mahsulotning
|
| |