79
sertifikatlashtiriladi.
Xalqaro tizim doirasida sertifikatlashtirishda, bu tizimda qabul qilingan
xalqaro standart talablariga mahsulot muvofiqligi tasdiqlanadi.
Sertifikatlashtirishda MH barcha talablariga tekshirish zurur bo‘lganda
sertifikatlashtirish idorasi unga qo‘shimcha hujjatlar (sifat tizimi yoki ishlab
chiqarishga sertifikati, layoqatli tashkilot sinov bayonnomalari, gigienik,
veterinariya, fitosanitariya, ekologik sertifikatlar (xulosalar), ta’minotchining
texnikaviy hujjatlari va h.k.) mavjudligini hisobga olib muayyan holatlarni
aniqlaydi.
Bunda gigienik sertifikatlarni SI ga berganda, davlat sanitariya nazorati
idorasi sinov bayonnomalari nusxasi ilova qilinishi lozim.
Agar qo‘shimcha hujjatlarda ASL muayyan ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinov
natijalaridan tarkib topsa, unda SI bu natijalarni muvofiqlikni baholash uchun
qo‘shimcha sinovlarsiz foydalanishi mumkin. Bunda bo‘lib o‘tgan sinov muddatini
hisobga olinadi. Bunda u mahsulotning MH bo‘yicha yaroqlilik muddatidan
oshmasligi lozim.