Texnologiyalari va




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana19.05.2024
Hajmi0,62 Mb.
#243697
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH 
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI 
FAKULTETI
 
FAN: Tarmoq xavfsizligi
 
 
Mustaqil ish 
 
Mavzu: Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bajardi: 
NWS007- guruh talabasi
Haydarov Abbos
Qabul qildi: 
Mavlonov Obid
Toshkent 2022 


 
 

Reja:
1.Korxonalarda axborot xavfsizligi konseptsiyasi tuzilmasi. 
2.Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi.
3.Tashkilot axborot xavfsizligi siyosati. 
4.Simsiz tarmoq arxitekturasi.
5.Tarmoq skanerini tadqiq qilish. 
6.Asosiy tarmoq hujumlari.
7.Regional simsiz tarmoqlar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
Korxonalarda axborot xavfsizligi konseptsiyasi tuzilmasi.
Konsepsiya–axborot xavfsizligi muammosiga rasmiy qabul qilingan qarashlar tizimi va uni zamonaviy 
tendensiyalarni hisobga olgan holda yechish yo‘llari. Konsepsiyada ifodalangan maqsadlar, masalalar va 
ularni bo‘lishi mumkin bo‘lgan yechish yo‘llari asosida axborot xavfsizligini ta’minlashning muayyan rejalari 
shakllantiriladi. Konsepsiyani ishlab chiqishni uch bosqichda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Birinchi bosqichda himoyaning maqsadli ko‘rsatmasi, ya’ni qanday real boyliklar, ishlab chiqarish jarayonlari, 
dasturlar, ma’lumotlar bazasi himoyalanishi zarurligi aniqlanishi shart. Ushbu bosqichda himoyalanuvchi 
alohida ob`ektlarni ahamiyati bo‘yicha tabaqalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Ikkinchi bosqichda himoyalanuvchi ob`ektga nisbatan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoiy harakatlar tahlil 
qilinishi lozim. Iqtisodiy josuslik, terrorizm, sabotaj, buzish orqali o‘g‘irlash kabi keng tarqalgan 
jinoyatchiliklarning real xavf-xatarlik darajasini aniqlash muhim hisoblanadi. So‘ngra, niyati buzuq 
odamlarning himoyaga muhtoj asosiy ob`ektlarga nisbatan harakatlarining ehtimolligini tahlil qilish lozim.
Uchinchi bosqichning bosh masalasi – vaziyatni, xususan o‘ziga xos mahalliy sharoitni, ishlab chiqarish 
jarayonlarini, o‘rnatib qo‘yilgan himoyaning texnik vositalarini tahlil qilishdan iborat. 


Axborot xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar kompleksining asosini axborot himoyasining strategiyasi tashkil etishi 
lozim. Unda ishonchli himoya tizimini qurish uchun zaruriy maqsadlar, mezonlar, prinsiplar va muolajalar 
aniqlanadi. Axborot himoyasi umumiy strategiyasining muhim xususiyati xavfsizlik tizimini taqiqlashdir. 
Ikkita asosiy yo‘nalishni ajratish mumkin: 
• Himoya vositalarining tahlili;
• Hujum bo‘lganini aniqlash. 
Axborot xavfsizligini ta’minlash iyerarxiyasidagi ikkinchi masala siyosatni aniqlashdir. Uning mazmuni eng 
ratsional vositalar va resurslar, ko‘rilayotgan masala maqsadi va unga yondashishni tashkil etadi. Bu hujjat 
matnni bir nechta sahifalaridan iborat bo‘lib, tarmoq fizik arxitekturasini shakllantiradi, undagi axborot esa 
himoya mahsulotini tanlashni aniqlaydi.

Download 0,62 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish