• "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Tarmoq abonenti
  • "abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning ozaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bolishi kerak. Fizik uzatish muhiti
  • Texnologiyalari va




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/10
    Sana19.05.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #243697
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
     
     
     
     
     
     


    Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi.
    Kompyuter tarmog’i
    (Computer NetWork, net–tarmoq va work–ish) – bu kompyuterlar o’rtasida 
    axborotlar almashinuvi tizimidir.Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tarmog`i – bu ikkita yoki undan 
    ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning bir biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan 
    tarmoqdir.
     
     
    Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– 
    aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta 
    ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali 
    birlashmaning eng yuqori shaklidir.Kompyuter tarmog'i 
    "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik
    uzatish 
    muhiti"
    kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi.
    Tarmoq abonenti 
    tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi ob`ektdir.
    Stansiya– 
    axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir. Alohida 
    kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va 
    shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi.Abonent va stansiya 
    birgalikda 
    "abonent tizimi“ 
    deb ataladi. Abonentlarning o'zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish 
    muhiti mavjud bo'lishi kerak.
    Fizik uzatish muhiti– 
    elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va 
    ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir. Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o'rtasida 
    axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday 
    komppyuter tarmog'ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmok yig'indisi sifatida ko'rish imkonini 
    beradi.
    Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi: 

    Geografik (xududiy) joylashuvi bo’yicha;

    Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha;

    Boshqarish usuli bo’yicha;

    Axborotni uzatish tezligi bo’yicha;

    Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzilishi bo’yicha.
    Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish 
    mumkin:


    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish