Simsiz tarmoq arxitekturasi.
Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib birinchi radiosignal uzatilishi bilan
boshlangan va XX asrning 20-yillarida amplituda modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu
texnologiyalarni rivojlanish jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni radioto’lqinlar
orqali uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Dastlab bular analog tarmoqlarda ishlagan bo’lsa,
80-yillar boshida raqamli standartlarga o’tish boshlanganligini anglatuvchi, spektrni yaxshi taqsimlashini, eng
yaxshi sifatli signalni va eng yaxshi xavfsizlikni ta’minlovchi GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-
yillarida simsiz tarmoqlar holatini mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik bilan
rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunda simsiz texnologiyalar kundalik hayotimizga
mustahkam joylashib
bormoqda, yuqori tezlikni ta’minlash bilan birga ular yangi qurilma va xizmatlarni taqdim etmoqda. Yangi
CDMA (Code Division Multiple Access - kanallarni kodli taqsimlash texnologiyasi), GSM (Global Systems
for Mobile Communications- mobil aloqa tarmoqlarining global tizimi), TDMA (Time Division Multiple
Access-kanallarni vaqt orqali taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless Application Protocol-simsiz
texnologiyalar protokoli), 3G va 4G (uchinchi va to’rtinchi avlod texnologiyalari), GPRS (General Packet
Radio Service, ma’lumotlarni paketlab uzatish xizmati), Bluetooth (o’rta va qisqa masofa tarmog’i), EDGE
(Enhanced Data Rates for GSM Evolution, takomillashtirilgan GSM tarmoq) va shu kabi texnologiyalarning
xilma-xilligi bu sohada tub burilish boshlanayotganini anglatib turibdi. Simsiz lokal tarmoqlar (WLAN)
hamda o’rta va qisqa masofa tarmoq (Bluetooth) larning rivojlanishi juda istiqbollidir. Simsiz lokal tarmoqlar
aeroportlar,
universitet va institutlar, mehmonxonalar, restoranlar, korxona va
tashkilotlar tarmoqlarida
ko’plab qo’llanilmoqda. Simsiz tarmoqlarni standartlarini ishlab chiqish 1990 yilda butunjahon IEEE (Elektr
va elektronika bo’yicha muhandislar instituti) tashkiloti tomonidan 802.11 komiteti tashkil etilishi bilan
boshlangan. Butunjahon o’rgimchak to’ri va bu tarmoqda simsiz qurilmalar yordamida ishlash g’oyasi simsiz
texnologiyalarning rivojlanish jarayonlariga muhim turtki vazifasini o’tadi.
90-yillar oxiriga kelib foydalanuvchilarga WAP-xizmati taqdim etildi. Shuni ta’kidlash kerakki boshida bu
xizmat ko’pchilikda uncha qiziqish uyg’onmadi. WAP-xizmati asosiy axborot
xizmatlari sifatida -
yangiliklar, ob-qavo, kundalik va boshqa xizmatlar to’plamini taqdim etgan edi. Shuningdek, Bluetooth va
WLAN dan ham ushbu aloqa vositalarining qiymati yuqoriligi bois juda kam miqdorda foydalanishgan.
Lekin narxlarning tushishi ushbu vositalarga bo’lgan talab va qiziqishni ortishiga sabab bo’ldi. XXI asrning
dastlabki o’n yilligi o’rtalariga kelib simsiz Internet-servisi foydalanuvchilarining soni bir necha o’n
millionga etdi. Simsiz Internet-aloqasining paydo bo’lishi bilan birinchi o’rinda uning xavfsizligini
ta’minlash masalalari ko’tarildi. Simsiz tarmoqlardan foydalanganda paydo bo’lgan asosiy muammolar
sirasiga quyidagilarni keltirib o’tish
lozim - bu maxsus xizmat, tijorat tashkilotlari va xususiy tadbirkorlar
jo’natmalarini tutib qolish, kredit kartochkalar nomerlarini tutib qolish, bog’lanish uchun to’lov vaqtini
o’g’irlash, kommunikatsiya markazlari ishiga xalal berish kabilardir. Bu muammolar
aloqa standartlarini
takomillashtirish orqali hal etib borilmoqda. Simsiz texnologiyalar taraqqiyotining ahamiyatli jihati
shundaki, bu texnologiyalardan uy sharoitidagi foydalanuvchilar qulay tarzda foydalana olishlaridir. Uy
tarmog’i qurilmalari sonining ortishi bilan ushbu qurilmalarni birbiri bilan ulovchi ko’plab simlar bu
tarmoqning asosiy muammosiga aylanib bormoqda. Bu o’z navbatida simsiz texnologiyalarga o’tishga sabab
tug’dirmoqda. Simsiz texnologiyalarning yakka tartibda foydalanuvchilari soni salmoqli bo’lsada tezkor
o’sib boruvchi segmenti - bu uning korporativ foydalanuvchilari hisoblanadi. Ma’lumotlarni
simsiz uzatish
muhim strategik vosita hisoblanib korxonada unumdorlikni oshishi (hodimlar korporativ axborotlarga
doimiy va tezkor ega bo’ladilar, ular yangiliklardan tezkor boxabar bo’ladilar) ni ta’minlaydi, mijozlarga
xizmat ko’rsatish sifatini oshiradi (bir vaqtning o’zida ularning shikoyatlarini va
xohishlarini qabul qilish
hamda bir vaqtning o’zida sezish mumkin), raqiblarga nisbatan ustunlikni yaratadi (axborotlarni almashish
va qaror qabul qilish tezliklarini oshishi). Bir so’z bilan simsiz texnologiyalarni kelajak texnologiyalari deb
aytishimiz mumkin.