|
Regional simsiz tarmoqlarRegional simsiz tarmoqlar
Ethernet texnologiyasi
. Local tarmoq texnologiyasining eng keng tarqalgan turi bo’lib, 10 Mbit/s, 100
Mbit/s (Fast Ethernet), 1 Gbit/s hattoki 10 Gbit/s tezlik bilan ulanib turish imkoniyatiga egadir. Ethernetning
yutug‘i tarmoq strukturasi tanlanishidagi qulayligidir. Ammo ushbu texnologiya kamchiligi, bu uning
ma’lum masofadagina ishlay olishidir. Agarda vitaya para kabelini oladigan bo’lsak, u holda tarmoq
masofasi 100 metrdan oshmasligi aniq. Uzaytirish uchun esa har 100 metrda qurilma qo’yishga to’g’ri keladi
yoki optik toladan foydalanish zarur. Lekin qo’shni binolarni 1 tarmoqda jamlash uchun bu juda qiyin
hamda qimmatga tushishi mumkin.
Wi-Fi texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish
. Ushbu texnologiya Wi-Fi (802.11a/b/g/n standartida) ishlab,
bino ichida 45 metr uzoqlikda, 100 metr ochiq joyda bemalol katta tezlikda stabil tarmoqqa ulanish imkonini
beradi. Lekin katta hududda sifatli tezlikni ta’minlash uchun esa juda ham ko’p Wi-Fi nuqtalari o’rnatilishi
lozim bo’ladi. Bu esa texnologiyaga bo’lgan harajatni oshishiga olib keladi. Muammolardan yana biri shuki,
abonent, yani foydalanuvchini bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chganida, ma’lumot almashinish hamda
ulanishda to’xtovlar vujudga kelishidir.
Yuqorida ko’rib chiqilgan tarmoq texnologiyalari bugungi kunda qo’yilayotgan yuqori o’tkazuvchanlik,
ishonchlilik hamda mobillik darajalarini o’zida qizman yohud to’liq aks ettira olgani bilan, narh bo’yicha
bugungi operatorlarga to’g’ri kelmaydi. Aynan ushbu muammoni simsiz texnologiyaning yangi avlodi
bo’lmish IEEE 802.16 standartli
WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access
)
texnologiyasi hal qilishi mumkin.
WiMAX texnologiyasi: WiMAX maqsadi, vazifasi hamda imkoniyati.
WiMAX texnologiyasini rivoji hamda ko’tarilishi uchun 1999 yili IEEE 802.16 bazasi qoshida WiMAX-
forum tashkil qilingan edi. Forumga Nokia, Harris Corporation, Ensemble, Crosspan hamda Aperto kabi
mashhur kompaniyalar qo’shilishgan. 2005 yil may oyiga kelib ushbu forumda 230dan ortiq qatnashchilarni
birlashtirgan. O’sha yiliyoq
|
| |