WiMAX texnologiyasi: WiMAX ning ishlash rejimlari.
WiMAX da quyidagi rejimlar mavjud:
o
Fixed WiMAX
– fiksatsiyalangan aloqa;
o
Nomadic WiMAX
– seansli aloqa;
o
Portable WiMAX
– siljish
rejimidagi aloqa;
o
Mobile WiMAX
– mobil aloqa.
Fixed WiMAX
fiksatsiyalangan aloqa 10-66 GHz chastota diapazonini ishlatadi. Ushbu chastotali diapason
kuchli so’nish tufayli uzatuvchi hamda qabul qilgichlarning to’g’ridan to’g’ri bir biriga ko’rish orqali signal
uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo
bo’lmish signalning ko’pnurli tarqalishini oldini oladi va signal uzatish tezligini 120 Mb/s gacha ko’tarilishiga
olib
keladi.
Nomadic WiMAX.
Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan joyga ko’chib
yurishi hamda
aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda davom etishi mumkin. Ushbu
rejim asosan portative
qurilmalar
uchun
keng
qo’llaniladi.
Portable WiMAX.
Portable rejimida foydalanuvchining baza stansiyalar aro aloqani uzmagan holda
avtomatik ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda foydalanuvchining joydan-joyga ko’chish
tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim. To’g’ri, ushbu rejimdan
shaxarda foydalanish mumkin, lekin
avtomobillarda
foydalanish
biroz
muammoni
tug’diradi.
Mobile WiMAX.
802.16e-2005 standartida ishlab chiqilgan bo’lib, foydalanuvchining joydan-joyga ko’chib
yurish tezligini maksimal 120 km/soatgacha bo’lganda sifatli aloqani taminlay oladi.
Mobile rejimning
yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali sanab o’tishimiz mumkin:
42.
Ko’pnurli signal tarqalishi hamda shaxsiy xalaqitlarga bardoshliligi.
43.
Kanalning yuqori o’tkazuvchanligi.
44.
Time Division Duplex (TDD) texnologiyasi yordamida assimetrik traffikni qayta ishlab, kanallarning estafeta
shaklidagi sessiyasi orqali antenalarning boshqaruvini osonlashtiradi.
45.
Hybrid-Automatic Repeat Reqest (H-ARQ) texnologiyasi esa foydalanuvchining tezkor joydan-joyga
ko’chishidagi aloqani stabilligini tamillab beradi.
46.
Yuklanmaning kattaligida ham foydalanuvchi qurilmasidan kanalning yuqori tezlikdan eng maksimal darajada
foydalana olishi.
47.
Kutish rejimida energiyaning minimal
darajadagi sarf harajati
48.
Network-Optimized Hard Handoff (HHO) texnologiyasi kanaldan kanalga ulanishdagi vaqtni 50 millisekund
va undan kam vaqtni tashkil etishida.
49.
Multicast and Broadcast Service (MBS)
texnologiyasi DVB-H, MediaFLO hamda 3GPP E-UTRA
fuksiyalarini o’zida jamlagani.
50.
Smart Antenna texnologiyasi kanallar aro sessiyalarning ulanishida subkanallar
hamda estafeta shaklidagi
yuborishni ta’minlaydi.
51.
Fractional Frequency Reuse texnologiyasi kanallarning qayta ishlashidagi minimal yo’qotishlarni boshqara
olishni ta’minlaydi.
Xulosa
Menga berilgan mustaqil ishni mavzusini tayyorlash mobaynida ko’p narslarni o’rgandim va shunga amin
bo’ldimki, hozirda WiMAX texnologiyasi yer yuzasining oz bo’lsada ba’zi bir shaxarlarda
ishlatilmoqda
hamda sinovdan o’tkazilmoqda. Bizning O’zbekistonimizda esa ushbu texnologiyada xizmat ko’rsatish uchun
hozircha MTS (ИП UZDUNROBITA) litsenziyaga ega.