o
WiMAX yordamida kichik qishloqlar, uzoq regionlarda information hamda kommunikatsion texnologiyalarni
rivojlantirish (ko’pgina chekka hududlarda telefon hamda kabel tarmoqlarning umuman mavjud emasligini
hisobga olgan holda).
o
WiMAX yordamida yer sharining yarim aholisini information hamda kommunikatsion texnologiyalarga yo’lni
ochish.
WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari
: WiMAX sistemasi ikki asosiy qismdan iborat.
o
WiMAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga o’rnatilishi mumkin).
o
WiMAX qabul qilgich (qabul
qilgichli antenna, PC card yoki tashqi kartalar form faktori asosida).
Baza stansiya hamda foydalanuvchi qabul qilgich qurilmasi oralig’idagi bog’lanish past chastotali diapason
(2-11GHz) orqali amalga oshiriladi. Bunday bog’lanish eng yaxshi sharoitlarda 20 Mb/s tezlikda ma’lumot
uzatishga imkon beradi va to’g’ridan-to’g’ri signal ko’rishni talab etmaydi.
Shuni yodda tutish lozimki, WiMAX texnologiyasi nafaqat “so’nggi milya”, balki regional tarmoqlar (ofis
hamda rayonlar)ni bir biri bilan bog’lashda bemalol qo’llash mumkin.
Qo’shni baza stansiyalari bilan OYCh (o’ta yuqori chastota 10-66 GHz) to’g’ridan-to’g’ri radioaloqa rejimida
doimiy bog’lanish o’rnatiladi. Bunday bog’lanishlar 120 Mb/s tezlikda ma’lumot almashish imkonini beradi.
Albatta baza stansiyalarining to’g’ridan to’g’ri ko’rish orqaligina bir biri bilan ma’lumot
almashinishi bu
WiMAX ning minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida
bir-biri bilan bog’lanishga orada to’siq bo’la olardi.
Har bir baza stansiyasi yuqori polosali tezkor bog’lanish orqali (T3 va shunga o’xshash)
provayder bilan
doimiy bog’lanib turadi. Bu bilan yuklanmani uyali aloqa topologiyasi asosida
teng baza stansiyalariga
taqsimlash mumkin.
IEEE 802.16 tarmog’i strukturasi odatiy mobil aloqa tarmog’iga o’xshab ketadi.
Bu yerda ham baza
stansiyalari 50 km radiusda xizmat ko’rsata oladi.