• Jarayon – kirish va chiqishlarni qayta o‘zgartiruvchi o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir etuvchi faoliyat turlarining majmui. Protsedura
  • Sifat bo‘yicha rahbariyat
  • Audit dasturi – muayyan vaqt davriga rejalashtirilgan va muayyan maqsadga erishishga yo‘nalitirilgan bir yoki bir nechta auditlar majmui. Kompetentlik
  • Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246629
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2

    Tashkiliy tuzilma 
    – mas’ullik, vakolatlik va o‘zaro munosabatlarning 
    xodimlar o‘rtasida taqsimlanishi. 
    Manfaatdor tomon 
    – tashkilotning faoliyatidan yoki yutuqlaridan 
    manfaatdor shaxs yoki guruh. 
    Jarayon 
    – kirish va chiqishlarni qayta o‘zgartiruvchi o‘zaro bog‘liq va 
    o‘zaro ta’sir etuvchi faoliyat turlarining majmui. 
    Protsedura 
    – faoliyatni yoki jarayonni amalga oshirishning o‘rnatilgan 
    usuli. 
    Kuzatuvchanlik 
    – kuzatilayotganning tarixi, qo‘llanilishi yoki joylashgan 
    o‘rnini kuzatish imkoni. 
    Muvofiqlik 
    – talabni bajarish. 
    Nomuvofiqlik 
    – talabni bajarmaslik. 
    Sifat bo‘yicha rahbariyat 
    – tashkilot sifat menejmenti tizimini belgilovchi 


    68 
    hujjat. 
    Sinash 
    – o‘rnatilgan protseduraga muvofiq bir yoki bir nechta tafsilotlar 
    (xarakteristikalar) ni aniqlash. 
    Tahlil 
    – ko‘rilayotgan ob’ektning yaroqliligi, adekvatliligi (aynan bir xilligi), 
    natijaviyligini aniqlash yoki belgilangan maqsadlarga erishish uchun amalga 
    oshiriladigan faoliyat. 
    Audit 
    – audit guvohnomasini olish va auditning kelishilgan mezonlarini 
    bajarish darajasini aniqlash maqsadida ularni beg‘araz baholash muntazam, mustaqil 
    va hujjatlashtirilgan jarayoni. 
    Audit dasturi 
    – muayyan vaqt davriga rejalashtirilgan va muayyan maqsadga 
    erishishga yo‘nalitirilgan bir yoki bir nechta auditlar majmui. 
    Kompetentlik 
    (layoqatlilik) - o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llana olish 
    qobiliyati. 
    4.2
     
    Sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi 
    Sertifikatlashtirish tizimining maqsadi muvofiqlikni sertifikatlashtirishni 
    amalga oshirish uchun tadbirlar, tartiblar va boshqaruv qoidalarini ishlab 
    chiqishdir. 
    Sertifikatlashtirish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar: 

    sertifikatlashtirishda qo‘llaniladigan hujjatlarning yagona tizimini tashkil 
    qilish; 

    yagona atama va ta’riflarni ishlab chiqish; 

    bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishning qoida va tartiblarini 
    ishlab chiqish; 

    sertifikatlashtirish uchun o‘tkaziladigan sinovlarning qoidalarini ishlab 
    chiqish (bundan keyin sertifikatlashtirish sinovlari); 

    sertifikatlashtirish qatnashchilarining davlat boshqaruv idoralari bilan 
    o‘zaro hamkorlik tartiblarini aniqlash. 
    Sertifikatlashtirish milliy tizimi O‘zbekiston Respublikasining qonuniy va 
    me’yoriy hujjatlariga muvofiq faoliyat olib boradi. 


    69 
    O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish tizimining quyidagi 
    sertifikatlashtirish turlari amalga oshiriladi: 
    Majburiy sertifikatlashtirish; 
    Ixtiyoriy sertifikatlashtirish; 

    Download 1,55 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish