67
sinash laboratoriyalari (markazlari) ning faoliyatini takroriy baholash protsedurasi.
Sertifikatlashtirish
– protsedura bo‘lib, buning vositasida uchinchi tomon
mahsulot, jarayon yoki xizmatlarning topshiriqdagi talablarga muvofiqligini yozma
shaklda tasdiqlaydi.
Sertifikatlashtirish bo‘yicha idora
– sertifikatlashtirishni o‘tkazuvchi
idora.
Izoh – sertifikatlashtirish bo‘yicha idora muvofiqlikka sinash va tekshirishni o‘zi
o‘tkazishi yoki uning topshirig‘i bo‘yicha boshqa idoralar tomonidan o‘tkaziladigan bunday
faoliyat ustidan nazoratni amalga oshirishi mumkin.
Sinash laboratoriyasi
– sinashlarni o‘tkazadigan laboratoriya.
Sifat
– o‘z tafsilotlari majmuining talablarga muvofiqlik darajasi.
Iste’molchilarning qoniqqanliligi
– iste’molchilarning o‘z talablarining
bajarilganlik darajasidan mamnun bo‘lganlik hissiyoti.
Sifat menejmenti tizimi
– sifatga nisbatan tashkilotga rahbarlik qilish va
boshqarish uchun menejment tizimi.
Sifat sohasidagi siyosat
– yuqori rahbariyat tomonidan ifodalangan sifat
sohasida tashkilotning umumiy maqsad va faoliyat yo‘nalishi.