Jizzax-2024 M. N. Eshonqulova




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/75
Sana20.05.2024
Hajmi1,55 Mb.
#246629
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
Monografiya - Eshonqulova 2

Sifatni boshqarish 
– bu loyihalash va konstruksiyalash bosqichida maqbul 
darajani ta’minlash, zamonaviy ilmiy-texnik imkoniyatlarga va xaridor talabiga mos 
keltirish, so‘ngra ishlab chiqarish jarayonida bu sifat ko‘rsatgichlarini real 
mahsulotda ta’milab berish demakdir. Bu darajaga mahsulot sifatini kompleks 
boshqarish tizimlarni ishlab chiqib va tatbiq etib erishish mumkin. 
Davlat standartlashtirish tizimi mahsulot sifatini boshqarishni asosiy omili 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Sifatni boshqarishning kompleks tizimiga quyidagilar kiradi: standartlar - 
maqsadni belgilovchi, ya’ni mahsulot sifatiga qo‘yilgan talablarni me’yorlari, 
maqsadga erishishni ta’minlovchi standartlar, ya’ni sifatga ta’sir etuvchi omillarni 
reglamentlashtirish. 
Ehtiyojni oldindan bilish standartlari, mahsulot sifat texnik darajasini 
standartlari. Savdo assortimentini va sifatni boshqarishni hamma bosqichlarida 
ishtirok etishi kerak. 
Loyihalash va tadqiqot qilish bosqichida savdo tashkilotlari, ishlab chiqarish 
va loyihalash korxonalariga yangi turdagi mahsulotni yaratishga yoki yangilashga 
buyurtmalar berishlari kerak. Tajribaviy na’munani qabul qilishda savdo xodimlari 
hal qiluvchi ovozlardan birini beradi, chunki yangi mahsulotni iste’mol xossalariga 
to‘g‘ri baho berishi kerak. 
Tayyorlash bosqichida, bunda mahsulotni attestatsiyadan o‘tkaziladi. Savdo 
xodimlari Davlat Attestatsiya komissiyaga a’zo bo‘lib kirishadi. 
Bunda aholi talabi va ehtiyojidan kelib chiqgan holda mahsulot sifatiga 
xolisona baho berishi kerak. 


104 
Muomala va taqsimot bosqichida savdo xodimlari tovarlarni saqlash, tashish, 
sotish sharoitlarini shunday yaratilishi kerakki unda mahsulot sifatida zarar etmasligi 
kerak. 
Bu bosqichda, mahsulotlar sifat ko‘rsatichlari bo‘yicha qabul qilinishi kerak. 
Ekspluatatsiya va iste’mol qilish bosqichida tovarlarni to‘g‘ri ekspluatatsiya 
qilish, ularga xizmat qilish, sifatini tiklash, eskirgan mahsulotlarni chiqitga 
chiqarish jarayonlarini tashkil qilish kerak. Savdo bu haqidagi axborotni 
xaridorlarga etkazishi kerak. 
Bizni yurtimizda mahsulot sifatini boshqarishning yagona davlat tizimi 
mavjuddir. 
Uning asosiy maqsadi kam mablag‘ sarf qilgan holda yuqori sifatli mahsulot 
ishlab chiqarishdir. Bunday maqsad faqat ilm-fan, texnika yutuqlarini, ilg‘or 
tajribani ishlab chiqarishga keng va izchil joriy qilishidagina amalga oshirishi 
mumkin. 
YUqoridagi tizim - davlat standarti asosida mahsulot ishlab chiqarishga 
asoslangan. 
Mahsulotni sifatini boshqarishning yagona davlat tizimi keng assortimentli 
yangi mahsulotni ishlab chiqishga va o‘zlashtirishga mo‘ljallangan. Bu tizim 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Mahsulot sifatini boshqarishni 

Download 1,55 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish