• O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatlash
  • O‘lchashlarni bajarish uslubiyoti
  • YUridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/75
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #246626
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
    Bog'liq
    Monografiya - Eshonqulova 2 (1)

    YUridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini 
    kalibrlash huquqiga akkreditlash 
    – yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining 
    o‘rnatilgan doirada o‘lchash vositalarini kalibrlashni o‘tkazish huqiqini rasmiy tan 
    olish. 
    O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatlash 
    – 



    O‘lchashlarni bajarish metodikasining unga qo‘yilgan metrologik talablarga 
    muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadqiqot. 
    O‘lchashlarni bajarish uslubiyoti 
    – o‘lchashlar natijalarini avvaldan 
    ma’lum xatolik bilan olishni ta’minlaydigan ishlar va qoidalar majmui. 
    O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi 
    – bu davlat tomonidan 
    tartibga solinadigan o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni o‘tkazish 
    talablari, qoidalari, nizomlari, me’yorlari va tartibini belgilovchi, o‘zaro bog‘liq va 
    bir-birini taqozo qiluvchi xalqaro, davlatlararo va milliy me’yoriy va metodik 
    hujjatlar majmuidir. Bunday hujjatlar majmui metrologiya bo‘yicha milliy idora 
    tomonidan tasdiqlanadi va (yoki) mamlakat hududida foydalanishga kiritiladi. 
    Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi O‘lchashlar davlat tizimi (O‘z 
    O‘DT)da “O‘zstandart” Agentligi kiritgan 3000 dan ortiq turli toifa va darajadagi 
    me’yoriy va metodik hujjatlar bor. 
    O‘z O‘DT ning asosini metrologiya bo‘yicha milliy idora ishlab chiqadigan 
    va tasdiqlaydigan asos bo‘luvchi me’yoriy hujjatlar tashkil etadi. Bunday me’yoriy 
    hujjatlarda qonuniy metrologiya sohasidagi asosiy qoidalar va protseduralar 
    o‘rnatiladi. Asos bo‘luvchi me’yoriy hujjatlarda birliklar, o‘lchash metodlari va 
    vositalari, o‘lchash laboratoriyalariga davlat talablari, metrologik tekshiruv va 
    nazorat sub’ektlari va ob’ektlarining harakat sohalari, huquqlari va vakolatlari aks 
    ettiriladi. 
    Metrologik me’yorlar qoidalarni o‘rnatuvchi va O‘zbekiston Respublikasi 
    hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha 
    me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini O‘zstandart 
    Agentligi bajaradi. 
    O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik va boshqaruv idoralari
    tadbirkorlik sub’ektlari o‘z vakolatlari doirasida davlat metrologik tekshiruvi va 
    nazorati qo‘llanilmaydigan sohada O‘zstandart Agentligining o‘lchashlar birliligini 
    ta’minlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarini ravshanlashtiruvchi va ularga zid 
    kelmaydigan metrologiya doirasida me’yorlar va qoidalarni o‘rnatuvchi me’yoriy 
    hujjatlarni yaratishi va tasdiqlashi mumkin. 




    Download 1,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YUridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini

    Download 1,55 Mb.
    Pdf ko'rish