9
hozir ko‘rishimiz kerak bo‘lgan xossalar va xususiyatlar bo‘yicha
ulardagi muayyan
umumiylikni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, ruchka, stol va do‘stingizni olaylik.
Bular bir-biridan qanchalik o‘zgacha bo‘lmasin, lekin o‘zlarida shunday bir
umumiylikni
kasb etganki, bu umumiylik ularning uchalasida ham bir xilda
tavsiflanadi. Agarda gap ularning katta-kichikligi xususida boradigan bo‘lsa, biror
bir yo‘nalish bo‘yicha olingan va aniq chegaraga (oraliqqa) ega bo‘lgan makonni
yoki masofani tushunamiz. Aynan mana shu xossa uchala ob’ekt
uchun bir xil
ma’noga ega. Ushbu ma’no nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, ular orasidagi
tafovut faqat qiymatdagina bo‘lib qoladi. YOki og‘irlik tushunchasini, ya’ni misol
tariqasida olingan ob’ektlarning Erga tortilishini ifodalaydigan xususiyatini oladigan
bo‘lsak ham, mazmunan bir xillikni ko‘ramiz. Bunda
ham ular orasidagi tafovut
ularning Erga tortilish kuchining katta yoki kichikligida, ya’ni qiymatidagina
bo‘ladi. Biz buni oddiygina qilib