“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

25 
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
 
 takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
yoki kamdan-kam difteriyadan keyingi parezlar natijasida, yumshoq tanglay harakatining uzoq 
muddat cheklanganligi tufayli kuzatiladi. 
Yopiq rinolaliya, nutq ovozlarini talaffuz qilish paytida pasaygan fiziologik burun rezonansi 
va barcha tovushlarda nutq nafasining faqat og‘iz orqali yo‘nalishi bilan harakterlanadi, natijada 
artikulyatsion va akustik xususiyatlarining kamchiligi namoyon bo‘ladi: 

burun 
undosh 
tovushlari 
talaffuzi 
(og‘iz 
tovushlari 
b, 

kabi
chiqadigan m, n) va ovoz tembri buzilishi
- unli tovushlar talaffuzining buzilishi (u notabiiy, o‘liklarga xos tusga ega bo‘ladi). 
Yopiq rinolaliyaning ikkita shakli farqlanadi - organik (mexanik) va funksional: 
- organik (mexanik) shaklida nutq buzilishlari tomoq, burun va burun-halqum sohalarining 
(adenoid to‘qimalar, poliplar, burun to‘sig‘ining qiyshayishi) anatomik nuqsonlari bilan bog‘liq; 
- funksional shaklida yumshoq tanglay giperfunksiyasi kuzatiladi: yumshoq tanglay har 
doim ko‘tarilgan holatda bo‘lib, havo oqimini burun tarafga u yoki bu darajada to‘sib turadi. 
Aralash rinolaliya - burun tiqilishi bilan birga tanglay-halqum pardasining yetishmovchiligi 
bo‘lgan holatdir. Talaffuz qilishda u burun rezonansining pasayishi bilan aks etadi, birinchi 
navbatda, burun tovushlari uchun, bir vaqtning o‘zida boshqa tovushlar o‘zgarganda, bunda 
ularning tembri ochiq rinolaliyadagi kabi bo‘ladi. Aralash rinolaliya organik (mexanik) yoki 
funksional bo‘lishi mumkin. 
Dizartriya. Dizartriya – nutq apparati innervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning 
talaffuz tomonidan buzilishidir. Dizartriya termini grekcha so‘zdan olingan bulib, dis – bo‘lak, 
arton – biriktirish degan ma’noni bildiradi. Dizartriya –bu markaziy harakterdagi organik nutq 
buzilishi hisoblanadi. Dizartriyada nutq a’zolarining (yumshoq tanglay, til, lablar) kam 
harakatlanishi natijasida nutq tovushlari artikulyatsiyasi qiyinlashadi, shu bilan birgalikda ovoz, 
nafas buzilishlari hamda nutqning sur’ati, ritmi va ifodaliligida o‘zgarishlar kuzatiladi.
Ammo ko‘pchilik mutaxassislar dizartriyani tasniflashda jarohatlanish o‘chogini hisobga 
olish tamoyiliga amal qilib, dizartriyani quyidagi turlarga ajratadilar: bulbar, psevdobulbar, qobiqli 
dizartriya, qobiq osti va miyachali dizartriya. 
Bulbar dizartriya. Uzunchoq miya – medullaoblongata – yana ikkinchi ancha eski nomga 
ham ega – bulbus serebri – qaysiki miya yukining bir qismi piyoz boshchasi bo‘laklariga bulbus, 
piyoz boshchasi tashqi yuzasi bilan o‘xshashdir. Miyaning bulbar qismiga tegishli IX, X va XI, 
XII bosh miya nervlarining periferik yuklari, po‘stloq yoki yadroning shikastlanishi oqibatida 
yuzaga keluvchi simptokompleksning harakat buzilishlari bulbar falaj deb ataladi. 
Bulbar dizartriya bilan kasallangan bemorlarni kompleks nevrologik va fonetik tekshirish, 
ularning klinik namoyon bo‘lish patogenezini yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Bunday 
tekshirish miya qismlarining ayrim shikastlanishlarida bemorning nutq apparati faoliyatida ro‘y 
beruvchi eng qiyin funksional samoregulyator /o‘z-o‘zini boshqarish/ qayta qurilishlarini 
tushunishiga yordam beradi. 
Psevdobulbar dizartriya. Periferik harakatlantiruvchi neyronlar yadrosining o‘zi nerv 
impulslarini miya po‘stlog‘idan markaziy harakatlantiruvchi neyron, boshqacha qilib aytganda 
piramida yo‘li bilan qabul qiladi. Hozirga qadar markaziy harakatlantiruvchi neyronlarning 
tanasini oldingi ildizi markaziy egatlarning o‘ng va chap po‘stlog‘ida ma’lum ketma-ketlikda 
joylashgan deb hisoblanib kelinar edi. Til, lab, yutkin, tomoq harakatini innervatsiya qilishga 
tegishli hujayralar oldingi markaziy egatlarning pastki qismida joylashgan. Barcha piramida yo‘li 
tolalari birga qo‘shilib, miya po‘stlog‘i osti yadrolari orasidan yarimsharning oq moddasi bo‘ylab 
miya stvolining badal qismiga o‘tadi. Psevdobulbar dizartriya shartli ravishda 3 darajaga ajratiladi: 
yengil, o‘rta, og‘ir. 
Qobiqli dizartriyada bosh miya qobig‘ining o‘choqli jarohatlanishi bilan bog‘liq 
patogenezga ega nutqning motor kamchiliklar guruhi namoyon bo‘ladi.
Ekstrapiramidali dizartriya (qobiq osti dizartriya). Ekstrapiramidali tizim tez, aniq va 
differensial harakatlarni bajarish imkonini beruvchi tayyorgarlik fonini avtomatik tarzda yaratadi. 
U mushaklarning tonusini, mushaklar qisqarishining ketma-ketligi, kuchi va harakatchanligini 



Download 7 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini

Download 7 Mb.
Pdf ko'rish