24
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR HAQIDA OLIMLARNING
QARASHLARI
Aliyeva Shoxista Shoikram qizi
Nizomiy nomidagi TDPU
Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti
Logopediya kafedrasi o‘qituvchisi
Abdusattorova Mubina Dilmurod qizi
Logopediya yo‘nalishi 305 guruh talabasi
Aholining ajralmas bo‘lagi bo‘lmish yosh avlodga nisbatan g‘amxo‘rlik, sog‘lom, barkamol
qilib tarbiyalash, ularning shaxsiy huquqlarini ijtimoiy himoyalash, ta’lim-tarbiya jarayonini mos
ravishda
tashkil etish, jamiyat taraqqiyotida o‘z o‘rinlarini topishlarini ta’minlashdek dolzarb
masalalar hech qachon davlatimiz siyosatidan chetda qolgan emas. Tarixan 1930-yildan boshlab
alohida yordamga muhtoj bolalar majburiy ta’limga jalb etila boshlandi, defektolog
mutaxassislarni tayyorlash ishlari boshlab yuborildi. Hozirgi kunga qadar juda ko‘p olimlar fan
taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shib
kelmoqdalar, jumladan qator chet el olimlari ham. Quyida
rinolaliya va dizartriya nutq nuqsonlari bo‘yicha olimlarning izlanishlari keltirildi.
Rinolaliya. Rinolaliya nutq apparatining tug‘ma anatomik va fiziologik kamchiliklari
sababli ovoz tembri va tovushlar talaffuzo‘zidagi buzilishlardir6. Anatomik nuqson
yuqori lab,
milk, qattiq va yumshoq tanglaydagi yoriq (kemtik) shaklida namoyon bo‘ladi. Natijada, burun va
og‘iz bo‘shlig‘i o‘rtasida ochiq yoriq (teshik) yoki kemtik bo‘lib, yupqalashgan shilliq qavat bilan
qoplangan. Ko‘pincha kemtiklar turli dentoalveolar nuqsonlar bilan birga kechadi.
Rinolaliyada artikulatsiya, fonatsiya va ovoz kelib chiqish mexanizmi me’yordan kuchli
chetga og‘ib, burun va og‘iz-halqum rezonatorlari ishtirokining buzilishi tufayli vujudga keladi.
Odamlarda me’yoriy fonatsiyada, nutqning barcha
tovushlari talaffuz qilinganda, burun
bo‘shliqlaridan tashqari, burun-halqum va burun bo‘shlig‘ining halqum va og‘iz bo‘shlig‘idan
ajralishi ro‘y beradi. Rinolaliyada nutq apparatining tuzilishi va faoliyatidagi
buzilishlar nutqning
nafaqat tovush jihatlarining rivojlanishidagi nuqsonlarga olib keladi. Balki, turli darajalarda til
tizimining barcha tarkibiy qismlari zarar ko‘radi. Rinolaliyada bolaning nutqi (dimog‘) ovoz, ya’ni
burunlashishi, va ko‘p tovushlar talaffuzining buzilishi sababli,
noaniq tovushlar bilan
harakterlanadi. Kemtiklik qanchalik keng bo‘lsa, u shunchalik nutqning tovushi shakllanishiga
kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Og‘ir holatlarda bolaning nutqini boshqalar tushuna olmaydi.
Tanglay-halqum birikishi disfunksiyasining tabiatiga qarab rinolaliyaning uchta shakllari
farqlanadi: ochiq, yopiq va aralash. Etiologiyasi bo‘yicha organik (mexanik) va funksional; tug‘ma
va orttirilgan bo‘lishi mumkin. Ochiq rinolaliya – ovoz tembrining patologik o‘zgarishi va
nutqning buzib talaffuz qilinishi, u ovoz chiqarganda yumshoq tanglayning tomoq orqa devoridan
kuchli orqada qolishi, bunda ancha katta yoriqni hosil qilishi (yumshoq tanglayning kaltaligi) yoki
havoning katta qismini burun bo‘shlig‘iga tushishiga olib keluvchi yumshoq va qattiq tanglayning
mexanik kamchiliklarida ro‘y beradi. Ochiq rinolaliya organik (mexanik) va funksional bo‘lishi
mumkin.
Ochiq organik (mexanik) rinolaliya tug‘ma yoki orttirilgan bo‘ladi: ochiq rinolaliyaning eng
keng tarqalgan sababi - yumshoq yoki
qattiq tanglayning kemtiklari, yumshoq tanglayning
kaltaligi, orttirilgan ochiq rinolaliyada esa - qattiq yoki yumshoq tanglayning teshilishi, chandiqli
o‘zgarishi, parezlari va falajida vujudga kelishi mumkin. Tug‘ma nuqsonli kasalliklar orasida
birinchi o‘rinlardan
birini yuqori lab, qattiq va yumshoq tanglay kemtiklari egallaydi. Ochiq
funksional rinolaliya ko‘pincha yumshoq tanglayning gipokineziga bog‘liq. Funksional
shakllardan biri - "odatiy" ochiq rinolaliyadir. U ko‘pincha adenoid vegetatsiyalarini olib tashlash,
6
Учеб. пособие / А.В. Пилипенко. - Владивосток: Мор. гос. ун-т, 2008. - 45 с. С. 29
.