Jizzax davlat pedagogika universiteti




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
Kitobxonlikka mehr uyg‘otish bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 
jarayondir. Shu sababli respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. Buning 
yaqqol namunasi yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan
“Besh muhim tashabbus”hisoblanib uning to‘rtinchi tashabbusi aynan kitobxonlikka mehr 
uyg‘otish masalalarini maqsad qilgan.To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular 
o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. 
Zero yoshlar bizning kelajagimiz biz ularga qanchalik farovon, mamlakatimiz tinch 
osoyishta bo‘ladi. Ayniqsa bolalarga atalmish vaqtni matbuot, bolalar kitobi, kitobxonlikka mehr 
uyg‘otish ta’lim – tarbiya berishda juda katta ahamiyat va o‘rinni egallaydi. 
Bolalarni tarbiyalash davlat, ahamiyatiga ega bo‘lgan jarayondir, chunki unda jamiyatning 
barcha a’zolari ishtirok etadilar. Shuning uchun ham respublikamizda ushbu jarayonga katta 
ahamiyat berilmoqda. 
Zero bolajonlar bizning kelajagimiz ertamiz egalari, biz ularga qanchalik ko‘p bilim va 
tarbiya bersak kelajagimiz shunchalik farovon, mamlakatimiz tinch va osoyishta bo‘ladi.Bolalar 
xarakterida shakllanayotgan ilk tushuncha va hissiyotlarni o‘z vaqtida ilg‘ab olib ularning keyingi 
amaliy faoliyatiga yordam berish har bir tarbiyachi va tarbiya muassasalarining birinchi 
navbatdagi vazifasidir. 
Mamlakatimizda bola tarbiyasi bilan quyidagi ijtimoiy institular: oila, davlat tizimidagi 
ta’lim va tarbiya beruvchi muassasalar, madaniy – ma’rifiy tashkilotlar, ommaviy axborot 
vositalari (matbuot, radio, televizor, kino) ularni o‘rab turgan tashqi muhit, o‘rtoqlari 
shug‘ullanadi. Ayniqsa bolalarga atalgan vaqtli matbuot, bolalar va o‘smirlar kitobi ularga ta’lim 
va tarbiya berishda juda katta o‘rinni egallaydi, busiz haqiqiy insonni tarbiya beruvchi shaxs 
misolidir. 
Nafaqat bolalarga bilim va tarbiya beruvchi asosiy manbalardan biri kitob 
hisoblanadi.Tarbiyachi bolalarga tarbiya va bilim berishda asosiy manba bo‘lgan matbuot va 
kitobdan keng foydalanadi.Kitob kichkintoylar fikricha hamma narsani bor, hamma narsaga javob 
beruvchi vosita sifatida tan olinadi. 
Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, kitob qanchalik qiziqarli, hissiyotlarga boy 
bo‘lmasin, agar kitobxon qalbiga yetib bormasa, hayajon solmasa, bunday kitoblarning tarbiyaviy 
ta’siri ham bo‘ladi. 
Bolalarga atalgan kitoblarning maqsadi ularga tabiat ato etgan his- tuyg‘ularni o‘stirishdan 
iborat.Bunday kitoblarning bilvosita ta’siri bolalarning aqliga emas balki ularning his- 
tuyg‘ulariga qaratilmog‘i kerak.
His bilishdan oldin bo‘ladi, haqiqatni sezmagan kishi uni tushunmaydi, bilmaydi 
ham.Kattalarga oid bo‘lgan nasalar bolalarga ham oiddir, faqat ularni bolalar tushunchasiga 
muvofiq suratda bayon qilmoq kerak, bu ishning en gmuhim tomonlaridan biridir, degan 
edi.V.G.Belinskiy. tarbiyaviy tizimda o‘qishga rahbarlik qilishda hilma- xillik yo‘nalishlarda ish 
olib borilar ekan, tarbiyachi kitobxonni tarbiyalashda doimo yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib 
tarbiyaviy ta’sirini oshirishga harakat qiladi. 
Maktabgacha ta’limda tarbiyaviy tizimning muhim yo‘nalishlaridan biri mehnat tarbiyasi 
hisoblanadi.Bolalar uchun yozilgan barcha she’rlar, ertak kitoblar odob va axloq va mavzusi bilan 
bog‘liq bo‘lib shu yo‘nalishdagi tarbiya umumiy tarbiya tizimining bir bo‘lagi sifatida doimo 
boshqa tarbiyaviy yo‘nalishlar bilan birga olib boriladi. 
Ayniqsa respublikamiz mutsaqillikka erishgan, yangi qadriyatlar vujudga kelayotgan,milliy 
istiqlol mafkurasi yaratilayotgan hozirgi davrda bu yo‘nalishdagi tarbiyaning ahamiyati nihoyatda 
kattadir. 
Chunki biz yosh avlodni pok, vijdonli iymonlik, insofli, intizomli, halol odobli qilib 
tarbiyalashni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yamiz. Bu murakkab jarayonda kitob vositasida 
tarbiyalashga katta e’tibor berish zarur. 
Ayniqsa kichik yoshdagi bolalar o‘ta ta’sirchan va hissiyotga beriladigan bo‘ladilar. Bu 
yoshda kitoblarda yozilgan narsalar, kattalar tomonidan aytilgan nasihatlar tezda qabul qilinadi. 



Download 7 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish