“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

35 
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
 
 takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
Bolada madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish, uning aqliy rivojlanishi hamda 
irodasini mustahkamlash kabi xislatlar bilan bir qatorda turadi. Onasi yoki tarbiyachi uning qo‘lini 
yuvib qo‘yishini, ovqatlantirib qo‘yishini istaydi, chunki qo‘lini yuvayotgan bolakayni qo‘lidan 
chiqib ketgan silliq sovunni ushlab turish juda qiyin. Ertalab erta turishi, mustaqil ravishda o‘zi 
kiyinishi bola uchun qiyin kechadi: kiyinish ketma-ketligiga amal qilishi, tugmalarini qadashi
oyoq kiyimining iplarini o‘tkazishi lozim. Bola uchun ona bu ishni tez va oson bajaradi. Agarda 
kattalar kichik qiyinchiliklarda bolaga yordam berishga oshiqsa, uni topshiriqlarni mustaqil 
bajarish zaruriyatidan xalos qilsa, unda bolaga tezda ―tugmamni qadab qo‘ying, ―bog‘ichni 
bog‘lab qo‘ying, ―kiyimimni kiydirib qo‘ying kabi passiv pozitsiyalar shakllanadi. Boshlangan 
ishni chiroyli va aniq yakunlash, sifatli natijaga erishish, to‘g‘ri ketma-ketlikni amalga oshirish 
bolaning irodasini mustahkamlaydi. Harakatning sifati bola uchun muhim ahamiyat kasb etadi, u 
boshlagan ishini oxirigacha yetkazishni, faoliyati maqsadini saqlab qolishni, chalg‘imaslikni 
o‘rganadi. Endi bolaga keyingi harakatlarini kattalar eslatishiga hojat qolmaydi, u o‘z tashabbusi 
bilan mustaqil amalga oshiradi, qilayotgan harakatlarini nazorat qiladi. Shu asnoda bolada qat’iy 
intizom, sabrbardosh, mustaqillik, uyushqoqlik kabi irodaviy fazilatlar shakllanadi. Bu esa 
madaniy- gigiyenik ko‘nikmalarni amalga oshirish estetik did asoslarini shakllantirish uchun 
sharoit yaratadi. Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalar shakllanishi axloqiy tarbiya bilan chambarchas 
bog‘liq. Kattalardan maqtov eshitish - bu bolani harakatni to‘g‘ri va sifatli bajarishga undaydigan 
rag‘bat hisoblanadi. Shundan so‘nggina bola har bir harakatining ortida qoida borligini anglaydi, 
uni harakatlariga muvofiqlashtirib boradi, axloqiy me’yorlarni o‘rganadi, harakatlarini axloqiy 
me’yorga muvofiq olib borayotganligidan zavqlanadi. Endi u qo‘llarini yuvishdan emas, balki 
ozoda ekanligidan xursand bo‘ladi va ― men yaxshiman, chunki hamma narsani to‘g‘ri bajaraman 
deb o‘ylaydi. 
Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalar xulq-odob madaniyatining muhim qismidir. Yuz, qo‘l, tan, 
soch, kiyim, poyabzal kabilarni toza saqlash zaruriyati nafaqat gigiyena talablari, balki inson 
munosabatlarining me’yorlari bilan ham belgilanadi. Ota-onalar va pedagoglar bolaga madaniy-
gigiyenik ko‘nikmalarni singdirib borar ekan, insonga butun hayoti davomida katta foyda 
keltirishini yodda tutishlarini uqtirib borishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalarda madaniy-
gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish usullari kattalarning shaxsiy namunasi, ko‘rsatish, 
tushuntirish, rag‘batlantirish, suhbat,harakatli mashqlar,ta’limiy o‘yinlar, she’r, maqol va 
matallar,voqeali rolli o‘yinlardan iborat ekan. 
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish 
ota-onalar va pedagoglar rahbarligida amalga oshiriladi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim 
tashkiloti va ota-onalar hamkorligi to‘liq izchil ta’minlanishi lozim. Ilk va maktabgacha yoshdagi 
bolalarda madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirilar ekan, bir vaqtning o‘zida muqobil 
ravishda bolaning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatiladi, bu esa ota-onalar va pedagoglardan 
katta sabr-bardosh va bolani tushunishni talab etadi. 

Download 7 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini

Download 7 Mb.
Pdf ko'rish