|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 38
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
bo‘ladi.Tarixiy ma‘lumotlardan ayonki, buyuk ajdodlarimiz iqtisod va iqtisodiy ta‘lim-tarbiyaga
oid ko‘plab g‘oyalarni ilgari surishgan. Chunki iqtisod har bir kishi, har bir oila, jamoa va jamiyat
hayotida muhim o‘rin tutadi.Maktabgacha ta’lim tashkilotida iqtisodiy tarbiya elementlarini
shakllantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu ma’sulyatli vazifa pedagoglar tomonidan
didaktik ta’limiy o‘yinlar tarzida suyjetli ro‘lli o‘yinlar markazida sahnalashtirish orqali ‘do‘kon
–do‘kon’ o‘yinidan foydalanish samarali hisoblanadi.Bu o‘yin orqali bolalarda pul.qimmat ,arzon,
narx-navo,savdo-sotiq kabi tushunchalar tarkib topib boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.Sh.M.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: ―O‘zbekiston. 2017
2. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz.
– T.: “O‘zbekiston”, 2017.
3.Sh.M Mirziyoyeving. “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. T.:-2016y. 29-dekabr
4.2004. 2. Mavlonov A. Barkamol inson tarbiyasi. – T.: О‘qituvchi, 1995.
5.Xasanboeva O. «Oilada ma’naviy-axloqiy tarbiya asoslari» T., “G‘afur G‘ulom”, 1998y.
6.
www.ziyo.net
7. www.tdpu.uz
NUTQDA NUQSONI BOR BOLALAR BILAN ISHLASH YO‘LLARINING MAZMUNI
G. Eshbekova
JDPU sirtqi bo‘lim o‘qituvchisi
D.Soliyeva
JDPU sirtqi bo‘lim 2-kurs talabasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni
takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30- sentabrdagi PQ-3955 son qaroriga
muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol,
to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shahsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan
bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muxtoj bolalarni o‘qitish,
tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muxit yaratish maqsadida chora-tadbirlar ishlab
chiqildi.8 Ushbu farmon va qarorlarning qabul qilinishi, albatta o‘sib kelayotgan yosh avlodni har
tomonlama rivojlangan va sog‘lom bo‘lib shakllanishini ta’minlashga qaratilgandir.
Demak, yurtimizdagi har bir inson o‘z ehtiyojidan kelib chiqqan holda qobilyatini
rivojlantirish, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish imkoniga ega bo‘ldi. Chunki, milliy istiqlol
mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri yoshlarning bilimli, aql- zakovatiga ishongan holda
faoliyat ko‘rsatish, o‘z ona tilida aniq, ravon, erkin fikrlashini shakllantirishdan iboratdir. Shu bois
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab o‘z ilm, malakasi, teran fikri bilan
Respublikamizning iqtisodiy, ma’naviy ehtiyojiga mos keladigan, yuksak malakali mutaxassislar
tayyorlashga ahamiyat berildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining dolzarb muommolaridan biri maktabgacha yoshdagi
bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etish hisoblanadi. Bu katta amaliy ahamiyat
kasb etadi: nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarni erta aniqlash va o‘z vaqtida amalga oshirilgan
korreksion ish bolalarning ona tilini o‘zlashtirishda ortda qolishlarini oldini olish va bartaraf
etishda muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda xotira xusussan
eshituv xotirasi kamchiliklari uchraydi. Bunday bolalarning lug‘atlari kambag‘al bо’ladi. Ularni
maktabga tayyorlashda tarbiyachi, psixologlar bilan bir qatorda logopedlarning ham о’rni
8
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30- sentabrdagi PQ-3955 sonli farmoni.
|
| |