|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 39
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
beqiyosdir. Nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalarning nutqiy xotira xususiyatlarini о’z vaqtida
aniqlash tibbiyot xodimlari, pedagog-psixolog va defektologlarning dolzarb vazifalaridan biridir.
Bu borada mamlakatimizda tashkil etilgan Tashxis markazlarining faoliyati ibratli bо’lishi kerak.
Chunki bu muammo ilmiy jihatdan tо’liq tahlil etilmagan muammolardan biri sanaladi. Nutqi
tо’liq rivojlanmagan bolalarning eshituv xotirasining shakllanmaganligiga turli kasalliklar sabab
bо’ladi. Maxsus pedagogik, psixologik yordamsiz nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalar 6 yoshda
ba’zan 7 yoshda ham maktab ta’limiga tayyor bо’lmaydi. Maktabgacha yoshdagi nutqi tо’liq
rivojlanmagan bolalarning xotirasini rivojlanmaganligi ularni maktabga tayyorlashdagi asosiy
muammolardan biri hisoblanadi. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning xotirasining rivojlanmay
qolishiga bolaning ruhiy rivojlanishining orqada qolganligi, bee‟tiborlik, pedagogik qarovsizlik
yohud bola salomatligining zaifligi sabab bo‘lishi mumkin. Bolalarda xotirani rivojlantirish
muhim ahamiyatga ega. Chunki, nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning xotirasining
rivojlanmaganligi sababli maktab ta’limiga tayyor hisoblanmaydi, maktabda ham o‘quv
materialini yaxshi o‘zlashtira olmaydi. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning xotirasini
rivojlantirishda mutaxassis psixolog logopedlarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri
tanlangan psixologik metodikalar va to‘g‘ri tashkil etilgan logopedik ish tizimi orqali nutqi to‘liq
rivojlanmagan bolalarning xotirasini shakllantirishimiz mumkin.
Nutqi to‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalari bor ota-onalar va ular tarbiyasi
bilan shug‘ullanayotgan pedagoglar, psixologlar boladagi bu nuqsonni bartaraf etish uchun erta
yoshdanoq logopedik ish tizimini tashkil etishsa, ta’lim jarayonining sifat va samaradorligi yanada
oshishi mumkin.
Atoqli psixolog olim L.S. Vigotskiy ruhiy jarayonlardan biri bo‘lgan nutqni shunday
ta’riflagan. “Nutq xabar, ijtimoiy aloqa, atrofdagilarga ta’sir funksiyasini bajarish bilan birga inson
fikrini shakllantiradigan usullardan biridir”9
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasida shunday yozilgan: “Jismoniy yoki ruhiy
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalar va o‘smirlarni
o‘qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim-tarbiya muassasalariga
yuborish va ulardan chiqarish otaonalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan
psixologik – tibbiy – pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘quvchilari qisman yoki to‘la davlat ta’minotida
bo‘ladi”10
Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish uchun nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning
psixologik xususiyatlarini hisobga olish darkor. Dunyoqarashi keng, sog‘lom ongli insonni
tarbiyalash uchun sog‘lom tafakkurni shakllantirish zarur. Mamlakatimizning jahondagi
rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi uchun yoshlarimiz chuqur nazariy bilim bilan birga
amaliy ko‘nikmamalakalarini ham egallagan bo‘lishlari lozim.
Bolalar nutqini o‘stirish, ularni fikrlashga, uni boshqalarga tushunarli bayon etishga
o‘rgatish, bolalarning “obrazli, mantiqiy, ijodiy, abstrakt” fikrlashini shakllantirish va nutq
o‘stirish mеtodlarining o‘rni, mohiyati muximdir. Shuning uchun har bir pеdagog ta'lim
mеtodlarini puxta bilishi, bolalar nutqini rivojlantirishning eng qulay mеtodlarini tanlashi va
qo‘llay olishi, uni takomillashtirishi lozim.
Bolalarni yoshlikdan u yoki bu narsa, buyum, o‘yinchoq, voqеa-xodisa haqida fikr yuritish,
fikrni bayon qilish uchun mos so‘z tanlashi, fikrni nutq orqali ifodalashi kabi murakkab jarayonni
boshqarishning eng qulay yo‘li, usulini tanlay bilishni talab etadi. Nutq o‘stirish nima? Agar
tarbiyalanuvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda tilni har
tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini, bog‘lanishli nutqni) faol amaliy o‘zlashtirish
tushuniladi. Agar tarbiyachi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, tarbiyalanuvchilarning tilning
talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan
metod va usullarni qo‘llash tushuniladi. Nutq buzilishlarini o‘rganish, tushunish uchun bola
9
JI.C. Выготский Проблемы дефектологии. М.: “Просвещение”, 1995. 527 varoq.
10
O’zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to’g’risida” gi qonuning III Bob 29 moddasi
|
| |