|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 37
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
to‘ldirish, kichik va o‘rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko‘nikma
va malakalarni hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod etilgan moddiy boyliklarni asrash, ularni
ko‘paytirish qayg‘urish tuyg‘ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirishdir.
Iqtisodiy tarbiya elementlarini shakllantirish avvalo oilada tarkib topa boshlaydi ,bu oila
kattalarining ma’naviy yetukligini, mulkka nisbatan tejamkorlik hislari yuksakliginibilan
tavfsiflanadi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha mukammal tarbiyalangan odam – elning e’zozidan,
xalqning hurmatidan tushmaydigan odamdir. Iqtisodiy tarbiya ahloqiy tarbiya singari insoniy
fazilatlarni, kishi qadrini oshiruvchi sifatdir.
Iqtisodiy ta’lim – bu maxsus tayyorlangan kishilar (mutaxassis pedagoglar) rahbarligida
amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, unda ta’lim oluvchiga iqtisodiy ta’lim berish, ya’ni
iqtisodiyotning ma’lum tamoyillari, qonun-qoidalarini hamda kategoriyalarini tushuntirish va
iqtisodiyotning ma’lum sohalari haqidagi bilimlarni o‘qitish amalga oshiriladi.Oila byudjetni
sarflash yo‘nalishlari turining ahamiyatiga qarab o‘zgaradi. Masalan, oila a’zolarini avtomobil
olishga bo‘lgan ehtiyoji birinchi o‘ringa qo‘yilsa, qolgan yo‘nalishlardagi sarf-xarajatlar
avtomobil sotib olish maqsadiga erishgunga qadar kamaytiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida
iqtisodiy tarbiya elementlari ta’lim tarbiyaviy faoliyatlarda tarbiyalanuvchilarga singdirib boriladi.
Bolalar iqtisodiy ongining qaror topishi ularda iqtisodiy tushunchalar tizimini shakllantirishdan
boshlanadi.
Tarbiyachi pedagoglar ilk iqtisodiy tushunchalarni berish orqali, bolalarni ahloqiy qoida
me’yorlari, ona Vatan, tabiat hodisalari, transport vositalari bilan tanishtirish orqali, jamoat
joylarda o‘zini tutish, mulkka bo‘lgan hurmat tejamkorlik kabi hislatlarni shakllantirib boradilar.
Bolalarga tejamkorlik, iqtisod, ishlab chiqarishni tashkil etishga doir umumiy ma’lumotlarni
o‘zlashtirib olishlari uchun ularda fikrlash operatsiyalari (tahlil, sintez qilish, umumlashtirish va
boshqalar) ni rivojlantish zarur hisoblanadi.maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tarbiya
elementlarini shakllantirish eng oddiy iqtisodiy tahlil qilish ko‘nikma va malakalarini tarkib
toptirishni nazarda tutadi. Dastlabki kuzatuvlarimiz natijasidan ma’lum bo‘lishicha, yoshligidan
hech qanday mehnat qilmasdan pulga egalik qilgan bolalar, keyinchalik atrofdagi iqtisodiy
o‘zgarishlar qurshovida jiddiy muammolarga duch kelayapti.
Farzandlarimizni iqtisodiy ijtimoiylashuv jarayoniga tayyorlar ekanmiz, bu jarayonda
ularga "cho‘ntak pullari” berish kerakmi? Berish lozim bo‘lsa, qaysi yoshdan va qancha miqdorda?
Ota-onalar farzandiga berilgan pullarning nimalarga sarf etilganini nazorat qilishlari shartmi?
Beriladigan pul mikdorini qanday vaqt oraligida qancha gacha oshirib borish lozim? Atrofdagi
iqtisodiy o‘zgarishlar ta’sirini bolalarning ongiga necha yoshdan singdirish zarur? Oilaning
moddiy ahvolini qaysi yosh bosqichidan boshlab birgalikda muhokama qilish mumkin? Bu kabi
qator savollar yechimi ota-onalar va pedagoglar jamoasi uchun dolzarb muammolar sanalib, bola
iqtisodiy ijtimoiylashuvi samaradorligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatni o‘zaro birgalikda
tashkil etish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Bu sohada hukumatimiz g‘amxo‘rlik ko‘rsatmoqda va soha mutaxassislari bolalarga
iqtisodiy tarbiya berishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalasiga oid ko‘plab
tadqiqotlar olib borilmoqda.Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishdan asosiy
maqsad bolalarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob qilish qobiliyatini
shakllantiradi. . Bolalarni ovunchog‘i o‘yinchoqlardir, ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalarni
ma’naviy, axloqiy rivojida katta ahamiyat kasb etadi.Kishilik jamiyatida iqtisodiy tarbiya
berishning maqsadi insonni iqtisodiy faoliyatga tayyorlashga, uni jamiyatimiz iqtisodiy hayotida
ishtirok etishga, respublikaning tirishqoq, serg‘ayrat fuqarolarini shakllantirishga yo‘naltirilgan
bo‘lishi kerak. U bolalar ongida jamiyatni rivojlantirishning iqtisodiy qonuniyatlari haqida aniq
tasavvurlar shakllanishini va shular asosida unda kundalik hayotida zarur bo‘ladigan iqtisodiy
bilimlar tarkib topishini ta’minlashi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tejamkorlikka
o‘rgatishda bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar iqtisodiy fikrlashni o‘rganibgina qolmay, keng
doiradagi iqtisodiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish, iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga baho
berish,hamda iqtisodiy tarbiyaning tarixiy asoslaridan xam xabardor bo‘lishlari lozim
|
| |