36
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALARDA IQTISODIY TARBIYA
ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISH
G.Eshbekova
“Maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarda masofaviy ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi, JDPU
N.Norqo‘ziyeva
2-kurs
talabasi
Bolalar tarbiyasi - har bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog kadrlarni jalb qilgan
holda, ularni go‘dakligidan ongi va tafakkurini to‘g‘ri shakllantirib, kelajakda yuksak saviya, bilim
va ma’naviyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalashdir”.
Sh.M.Mirziyoyev
Jamiyatdagi har bir kishilarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirmasdan turib, chuqur
o‘zgarishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi. Bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar iqtisodiy fikrlashni
o‘rganibgina qolmay, keng doiradagi
iqtisodiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish, iqtisodiy
rivojlanish tendensiyalariga baho berish, bu o‘zgarishlar kelajakda
qanday natijalarga olib
kelishini ko‘z oldiga keltira bilishni o‘rganishlari zarur.
Ana shu shartni amalga oshirishni maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlasak iqtisod
fanini anglash, uning hayotiy ahamiyatini tushunish uchun yaqin yo‘l tutilgan bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida iqtisodiy ta’lim-tarbiya berishdan maqsad bolalarning ilk
iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarini egallashlari lozim bo‘lgan tasavvurlar doirasini
kengaytirish, bolalarda iqtisodiy madaniyatni tarkib toptirish. Bozor iqtisodiyotida erkin
harakatlana oladigan komil insonni tarbiyalashdan iboratdir. Shuni
nazarada tutib maktabgacha
ta’lim yoshidayoq bolalarga iqtisodiy ta’lim berish davr talabi bo‘lib qoldi.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish,
malakali pedagog
kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash,
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni
har tomonlama intelektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar
yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ko‘plab
qaror va farmonlar qabul qilindi. Shaxs kamolotining asosiy mezoni sanalgan ma’naviyat bolalarni
uzluksiz ta’lim jarayonida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Yurtimizda o‘tkazilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar komil inson tarbiyasi ustuvor o‘rinni
egallaydi. Shu ma’noda shaxsning har bir yosh davri uning to‘laqonli inson bo‘lib shakllanishida
muhim ahamiyat kasb etadi. Bola tarbiyasi har bir ota-ona uchun mas’uliyatli vazifadir. Shuning
uchun bola tarbiyasida butun jamoa hamkorlikda ish olib borsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zero
bolaning keyingi hayoti, istiqboli pirovardida uning jamiyatda o‘z o‘rnini to‘g‘ri topa olishi ko‘p
jihatdan siz-u bizga bog‘liqdir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar tadbiq
etilayotgan yangiliklar, ta’lim — tarbiya borasida yaratilayotgan shatr-sharoitlar. Xalqimizning
yashash va mehnat qilish sharoitlariniig yaxshilanishi umuman olganda erishilgan moddiy va
ma’naviy salohiyat erkinligi mamlakat mustaqilligining tuxfasi bo‘lib, erkin mehnat qilish va
yashash, mustaqil fikrlash, e’tiqod va so‘z erkinligi, diniy bag‘rikenglik, umuminsoniy qadriyatlar
va milliy urf-odatlarlarning hurmat
qilinishi hamda qadrlanishi, kuchli ijtimoiy ximoya hamda
bularning xuquqiy asoslarining yaratilishi yoshlarni mustaqillik, uning mazmun mohiyati,
ahamiyati va zarurriyatini ob’ektiv baholashga o‘rgatish yo‘nalishida o‘ziga
xos vazifalarni
yuklaydi.
Iqtisodiy tarbiya – shaxsni iqtisodiyot asoslari bilan tanishtirish, tejamkorlik,
mehnatsevarlik, tashabbuskorlik,
ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob – kitob va shu kabilar haqida
fikrlay olish kabi qobiliyatni kamol toptirishdir.
Iqtisodiy tarbiya – bu ta’lim oluvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish negizida mamlakat
iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni