|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 44
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
qalam sohibi hayotidagi muhim, ibratli voqea va hodisalarni badiiy timsol orqali bolalar nutqiga
mos tilda, ularning yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim.
Shoir Anvar Obidjon “Suhbat” she‘rida bolalar yaxshi ko‘radigan g‘ozlar to‘g‘risida so‘z
yuritadi. Ma‘lumki bolalar jonivorlar, xususan, qushlarga ko‘proq qiziqadilar. Shu jihatdan
qaraydigan bo‘lsak, bu she’r bola hayotida muhim rol o‘ynaydi. Voqea juda oddiy va sodda.
O‘zaro suhbatdan ma‘lum bo‘ladiki, g‘ozlarning qorni och, ularni boqish kerak. Buni shoir so‘z
o‘yini vositasida ifoda etadi:
G‘ozlar bir so‘z deysizmi? -Nega patni silaysiz ?
G‘a-g‘a-g‘a -G‘oq-g‘oq-g‘oq
Totli suli yeysizmi? - Mendan nima tilaysiz ?
Ha-ha-ha. -boq boq boq
Bu xildagi she’rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga, turmush taassurotlarini to‘plab,
ulardan xulosa chiqarishga o‘rgatadi.
Bolalarning ayniqsa jajji qizaloqlarning sevimli mashg‘ulotlaridan biri qog‘irchoq
o‘ynashdir. Yo‘ldosh Sulaymonning “Qo‘g‘irchoq” she’rida qo‘g‘irchoqlarni asrab-avaylash,
oddiy bir o‘yinchoq vositasida kattalarning mehnatini e’zozlash masalasi o‘rtaga tashlanadi.
Quyosh bilan teng turib
Ozoda kiyintirib
Senga taqamiz marjon
Qo‘g‘irchoq, qo‘g‘irchoqjon
Har qanday yozuvchi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga o‘qib beriladigan asar tilining
badiiy jihatdan puxta-pishiqligiga, tushunarli, aniq va ravonligiga alohida e’tibor beradi. Bu
yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan asarlar hayot haqida muayyan tasavvur berishini bilan birga
katta zavq-shavq bag‘ishlaydi. Masalan, Valijon Ahmadjon “Qo‘ziqorin” she’rida shunday yozdi:
Yomg‘irli kun o‘rmonda
Tug‘ildi qo‘ziqorin
Ho‘l bo‘masin boshim deb
Tez kiyvoldi qalpog‘in
Qarang qanday chiroyli o‘xshatish. Bu she’rni kichkintoylar bir zumdayoq yodlab oladilar.
Shu oddiy qo‘ziqorin tasviri kichkintoylarda tabiatga nisbatan mehr-muhabbatlarini oshiradi.
Abdunabi Boyqo‘ziyevning “Qizimiz ta”nasi” deb nomlangan she’ri ham jajji kitobxonlarda katta
taassurot qoldiradi:
Ayajon, vo-oy
Ayajon, vi-iy
Og‘riyapti tishim-iy
Konfet yesang tishing og‘rir, deysiz-u
Ketaverasiz qutichani qulflamiy
Xulosa qilib aytganda, bu davr bolalari o‘zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof-
muhit bilan tanishadilar, ona yurtga mehr-oqibatli bo‘lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni
o‘rganadilar.
Biz mamlakatimizning istiqbolli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, ma’naviy
fazilatlar egasi bo‘lishiga qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanligini hamisha
yodda tutishimiz kerak. Binobarin, Mustaqil fikr yuritadigan,to‘g‘ri va halol, jasur avlodni
tarbiyalash davrimizning dolzarb muammolaridandir. Ha bunday yoshlar kamolotida, albatta
badiiy adabiyot xususan bolalar adabiyoti katta rol o‘ynaydi. Chunki kichkintoylar alla qo‘shiq,
maqol, masal, topishmoq, tez aytish, ertak eshitib, o‘qib kamol topadilar Bu janrlar vositasida
ularning qalblari nurga to‘ladi, hayotga intilish, qiziqish hislari jo‘sh uradi. Ma’naviy tamondan
ham yuksala boradilar. Xususan, kitobxonlikka mehr uyg‘otish, bolalarni tarbiyalash davlat
ahamiyatiga ega bo‘lgan jarayondir.
|
| |