“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/568
Sana18.01.2024
Hajmi7 Mb.
#140135
TuriСборник
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   568
Bog'liq
ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам

40 
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini 
 
 takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
06.12.2022 
 
nutqining normal rivojlanish yo‘lini, bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning 
muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o‘ynovchi sharoitni bilish lozim. 
Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning 
rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o‘z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak 
bo‘ladi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar 
zarurdir.
Buning uchun: 
- bola ruhiy va jismoniy jihatdan sog‘ bo‘lishi;
- normal aqliy qobiliyatga ega bo‘lishi;
- normal eshitishi va ko‘rishi;
- etarli darajada ruhiy aktivlikka ega bo‘lishi;
- gaplashish ehtiyojiga ega bo‘lishi;
- to‘g‘ri nutq muhitiga ega bo‘lishi lozim.
Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni o‘zlashtirib olishga, 
tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib
nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.Maktabgacha ta’lim 
tashkilotida nutqida nuqsoni bor bolallar bilan asosan logoped shug‘illanadi. Logoped – bu 
nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassis. U maxsus mashqlar yordamida chiroyli 
gapirish va tovushlarni aniq-tiniq talaffuz qilishni o‘rgatadi. Logoped bir paytning o‘zida ham 
vrach, ham pedagog sanaladi.
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki 
(endogen) omillar, shuningdek atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi. 
Bolalarning bog‘langan Nutqini tekshirish uchun ularga quyidagi vazifalarni bajarish taklif 
etiladi: 
predmetli rasmlardan, o‘yinchoqlardan, narsalardan foydalangan holda hikoya tuzish. 
Masalan, «Bu qo‘g‘irchoq. Qo‘g‘irchoq juda chiroylik. Uning sochiga katta qizil bant boylangan. 
Qo‘g‘irchoq atlas kuylak kiygan. Uning oyogida tapochka bor». 
seriya rasmlardan foydalangan holda hikoya tuzish. 
Tarbiyachi 3-4 talik seriyali rasmlarni bolaga tavsiya etadi va shu rasmlarga qarab ketma-
ketligini aniqlab hikoya tuzishni taklif etadi. 
Berilgan mavzu bo‘yicha hikoya tuzish. 
Tarbiyachi bolaga murojaat qiladi: 
«O‘ylab ko‘r-chi, sen kecha uyda nima kilding?», yoki «Qanday multfilmlarni bilasan?», 
«Sen mehmonga borishni yaxshi ko‘rasanmi?», «Kimnikiga mehmonga borgansan?». 
Baxolash: 
- hikoya to‘g‘ri tuzilgan. Hikoyani mazmunini yaxshi yoritib bera oldi. Hikoya 5-6 gapdan 
to‘zilgan; 
hikoya tuza oldi. Lekin mazmunini oxirigacha echib bera olmadi. Hikoya 3-4 gapdan 
to‘zilgan; 
hikoyada ko‘p xatolar. Mazmunini yoritib bera olmadi. Hikoya 1-2 gapdan to‘zilgan; 
mustaqil Nutqi yo‘q. 
Bolani nutqini logopedik hamda tarbiyachi tekshirish davomida olingan ma’lumotlar nutq 
xaritasiga yozilib borilishi lozim. 
Maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning tevarak-atrofni o‘rganishda 
bog‘lanishli nutqini rivojlantirish eng zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, fikr va jonli so‘z, ona 
tilining hissiy estetik ma’no qirralarini anglab olish, uning go‘zalligi, sofligi, boyligini his etish 
orqali amalga oshirish muhim hisoblanadi. 

Download 7 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   568




Download 7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  “Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini

Download 7 Mb.
Pdf ko'rish