|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 28
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Ular o‘zlarinikidan ko‘ra boshqalarning axloqiy tomonlariga qiliqlariga qilgan ishlariga tezda baho
beradilar.
Ana shularni e’tiborga olib tarbiyachi suhbat, ovozli va ifodali o‘qish, ertak aytib berish,
so‘zlab berish kabi tadbirlar, mashg‘ulotlar orqali o‘qilgan yoki aytilgan, ertaklar qahramonlarning
xilma-xil xislatlarini, ularning o‘zaro munosabatlarini, vaziyat va sharoitlarni tushuntirib berar
ekan. Shunday xislatlar bolalarning o‘zlarida ham borligini aytib o‘tadi.
Masalan, bolalarning juda ko‘pchilgida uchraydigan maqtanchoqlikning yomonligi va uni
nimalarga olib kelishi haqida o‘zbek xalq ertaklaridan “maqtanchoq quyon”ni o‘qib bersa,
halollik, to‘g‘rillikning afzalligi haqidagi. Ug‘ri va to‘g‘ri ertakgini aytib beradi.
Do‘stlik va ayyorlik haqida suhbatlashib, Gulxoniyning “Toshbaqa bilan chayon, “Bo‘ri
bilan Tulki” ertagini tushuntirib tulki bo‘ridan bo‘lganini va uni aldab qop-qonga tushurib ayyorlik
qilib qochib ketganini aytib beradi.
Shunday odamlar bizning ichimizda ham bo‘lib, birov boylikka, birov qo‘rqqanidan, birov
mansabga o‘tirish uchun do‘st bo‘ladi va keyinchalik ular baribir aldab ketadi.Haqiqiy do‘st yaxshi
va yomon kunlarda ham do‘st bo‘lib qolaveradi, deb xulosa qiladi.
Katta guruh yoshdagi kitobxonlar bilan ishlaganda tarbiyachi yoki kitobxonchi va
kutubxonachi bog‘cha hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan asarlarga ko‘proq e’tibor beradi.Ma’lumki
bog‘chada turli xil hislatlarga ega bo‘lgan, ya’ni bebosh, beg‘am, tanbeh, to‘polonchi, intizmosiz
bolalar ham o‘qiydi.
Bu bolalarning xulqi tufayli qanchadan – qancha oynalar, kitoblar, kiyimlar iflos
bo‘ladi.Tarbiyachi katta guruhdagi bolalarga ya’ni bilimlarni bilishi va o‘zlashtirishi lozim
bo‘lgan to‘g‘riso‘lik, adolatlilik, halollik, saxiylik kabi hislatlarni kitobdan qiziqarli hikoya,
ertaklardan ularning qalbiga singdirib berish lozim.Ushbu yo‘nalishning harakteri xususiyati
shundaki, juda ko‘p bolalar yuqoridagi aytilgan hislatlarning aksi o‘zlarida ham mavjud ekanligini
lekin ularga tushuntirib borish darkor.Hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ‘Ilk
qadam” davlat o‘quv dasturidan foydalanishda bollarning badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish
maqsad qilinib, ta’lim tarbiyaviy faoliyatda rivojlantiruvchi markazlardan “Til va nutq” markazida
bolalarni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish vazifasi ko‘ndalang turadi.Kitobga bo‘lgan
munosabatini shakllantirish va mehr va qiziqish uyg‘otish badiy adabiyot mashg‘ulotlarining
asosiy maqsadi hisoblanadi.
Bir guruh kitobxonlar bilan ish olib borganda tarbiyachi ota- onaga mehr – oqibat
ko‘rsatishni ularning aytganlarini doimo bajarish kerakligini ta’kidlaydi. Ota – onani yaxshi
ko‘rish bu o‘zi tug‘ilib o‘sgan yerini, yorini, elini, Vatnnini sevishni bilan boliqligini
tushuntiradi.Tarbiyachi guruhidagi javonda islom dini haqida yozilgan kitoblardan foydalanish
lozim. Bolalar bilan umuman din, xususan islom dini haqida fikr yuriganda suhbatdan keng
foydalanishini tavsiya etamiz.Suhbat davomida bolalarga dunyodagi hyech bir narsa o‘z – o‘zidan
bo‘lib qolmaganligini ularning har bir narsani vujudga keltiruvchi yaratuvchisi Olloh ekaniligi
aytiladi.Diniy tarbiyani faqatgina bir tomonlama olib borish yaramaydi, chunki u dunyo, yeru
osmonni falakni yaratgan Olloh bilishga, unga ishonishga, uning diniga e’tiqod qilishga
o‘rgatadi.Shuning uchun diniy tarbiya boshqa tarbiyaviy yo‘nalishlar ichida alohida maveqini
egallaydi.Tarbiyachi bolalarga estetik jihatdan tarbiyalash lozim.Ushbu tarbiyaviy yo‘nalish
asosan ruhiyatga, hisga, hayajonga asoslanganki uni olib borish tarbiyachidan katta bilim,
mahorat, sab va taqotni talab qiladi.
|
| |