|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 466
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
va muloqotda bo‘lish imkonini beradi. Axborot – kommunikatsion texnalogiyalarning texnik
vositalari yordamida dars o‘tish berilgan qisqa vaqtdan unumli foydalanishga sharoit yaratib
beradi.
An’anaviy darslarni ko‘rgazmali vosita sifatida plakatlardan foydalanib kelingan bo‘lsa,
hozirga kelib rivojlanib borayotgan kompyuter slayd, multimedia vositalar kabi zamonaviy
axborot – kommunikatsion texnalogiyalari keng tadbiq etilmoqda. An’anaviy darsdan farqli
ravishda tasvir va tovush uyg‘unligi o‘quvchining faolligini va ularning o‘tilayotgan mavzuga
qiziqishini oshiradi hamda berilayotgan ma’lumotlarning uzoq muddatga xotiralarida saqlanib
qolishiga hizmat qiladi. Eng muhimi har bir o‘quvchini msstaqil ishlashga va fikrlashga undaydi.
Fizika fanini o‘qitish xususan amaliy va labaratoriya mashg‘ulotlarida mustahkamlanadi.
Odatda bir guruh uchun ushbu mashg‘ulotlarda talabalarni to‘liq qamrab olish va ularning har
birini nazoratga olish qiyinchilik tug‘diradi. Bunda ulgurilmagan materiallar va baholash ishlari
talabalarga mustaqil ta’lim sifatida yo‘naltiriladi. Axborat texnalogiyalardan foydalanish ushbu
muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. Vazifalarni shakliga qarab axborat
texnalogiyalardan keng foydalanish mumkin. Hususan laboratoriya mashg‘ulotlarini Turli xil
platformalarda amalga oshirish tavsiya etiladi. Masalan Phet, Vernier digital laborator va boshqa
platformalardan foydalanish mumkin. Buning afzalligi ushbu platformalar doimiy yangilanib
turishidadir. Bu eng so‘ngi yangiliklar bilan doimiy tanishish imkoniyatini beradi. Qolaversa vaqt
va makon tanlamasligadir. Ya’ni talaba iltalgan vaqt foydalanishi mumkin.
Fizika va texnik fanlarni o‘qitishda axborot – kommunikatsion vositalardan unumli
foydalanish va uni dars jarayonida qo‘llash uchun eng birinchi o‘rinda pedogog– o‘qituchilarning
o‘zlari texnik vositalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur. Bir so‘z bilan aytganda
o‘qituvchi muntazam ilmiy, ilmiy – ijodiy izlanishda bo‘lishi kerak. Aks holda o‘qituvchining
mexnat samarasi talabaga javob bermay qoladi. Axborot – kommunikatsion vositalarning yana bir
ahamiyatli jihati shundaki, bunda faqatgina dars jarayonida emas, darsga tayorgarlik jarayonida
ham o‘qituvchining eng yaqin va qulay ko‘makchisidir. Web sayt va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda
bulut xotiralardan foydalanish mumkin. Turli shakllarda portfolio yaratiladi. Bu jihatlari bilan
ushbu texnik vositalar o‘qituvchi faoliyati samaradorligini oshirishga xissasi beqiyos kattadir.
Xulosa o‘rnida shuni qayd qilish kerakki darsda texnik vositalardan foydalanish talabaning
o‘zlashtirish koeffitsentini bir necha barobar oshiradi. Biz har bir o‘qituchilarning o‘quv
platformalarda yoki o‘quv jarayoniga ta’sir qiladigan, foydalansa bo‘ladigan platformalarda
shaxsiy kabineti bo‘lishi va ushbu kabinetdagi kantentlardan o‘quv jarayonida foydalana olishi
zarur. Bu qaysidir manoda ijtimoiy tarmoqlar bo‘lishi ham mumkin. Ilmiy asoslarga ko‘ra inson
taxminan 70 foiz ma’lumotlarni ko‘rish va kuzatish orqali oladi. Xususan fizika va texnika
fanlarini o‘rganishda axborot – kommunikatsion vositalarni keng joriy etish har bir o‘qituvchining
kundalik uslubiga aylanishi zarur deb o‘ylaymiz. Shundagina biz tayyorlab jamiatga yetkazib
berayotgan kadrlarimiz bugungi kun talabiga javob bera oladigan raqobatbardosh mutaxasislar
bo‘lib shakillanadi deb o‘ylaymiz.
|
| |