|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 465
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Tizimli yondоshuv. Tа’lim tехnоlоgiyasi tizimning bаrchа bеlgilаrini o‘zidа mujаssаm
etmоg‘i
lоzim:
jаrayonning
mаntiqiyligi,
uning
bаrchа
bo‘g‘inlаrini
o‘zаrо
bоg‘lаngаnligi,yaхlitligi.
Fаоliyatgа yo‘nаltirilgan yondоshuv. Shахsning jаrаyonli sifаtlаrini shаkllаntirishgа, tа’lim
оluvchining fаоliyatini аktivlаshtirish vа intеllektuallashtirish, o‘quv jаrayonidа uning bаrchа
qоbiliyati vа imkоniyatlаri, tashаbbuskоrligini оchishgа yo‘nаltirilgаn tа’limni ifоdаlаydi.
Diаlоgik yondоshuv. Bu yondоshuv o‘quv jаrаyoni ishtirоkchilаrning psiхоlоgik birligi vа
o‘zаrо munоsаbаtlаrini yarаtish zаruriyatini bildirаdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Yu.Qirg‘izboyev va boshqalar “Mashinasozlik chizmachiligi kursi”. T. “O‘qituvchi” 1981
y.
2. Yodgorov J. va boshqalar “Geometrik va proyeksion chizmachilik” T. "O‘qituvchi" 1991
y.
3.A.A.Muxitdinov. Ta'lim jarayonida 3D texnologiyalarni qo‘llash zarurati. Pedagogik
mahorat. 2021, №6. 211-216 бет.
AXBOROT–KOMMUNIKATSION TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANIB
O‘QITISHNING AFZALLIKLARI
X.M. Sulaymonov
Farg‘ona politexnika instituti, Farg‘ona, O‘zbekiston
O.M. Rahimberdiyev
Farg‘ona politexnika instituti Energetika fakulteti 55-20 E
Ta’lim muassasalarining zamonaviy texnik vositalar, axborot-kommunikatsion
texnologiyalar va o‘quv laboratoriya jihozlari bilan qaytadan ta’minlanishi talabalarning bilim
samaradorligini oshirishga muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida pedagog-
o‘qituvchilar zimmasiga yana bir qo‘shimcha ma’suliyat yuklaydi. Bugungi kun o‘qituvchisi endi
nafaqat o‘z fanini mukammal bilishi, balki zamonaviy texnik vositalar bo‘yicha ham zaruriy bilim
va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarurdir[1]. Shuningdek bugungi kun o‘ituvchisi an’anaviy
o‘qitish usullarini yanada takomillashtirib, fizika fanini o‘rgatishda yangi pedagogik innovattsion
texnalogiyalarni o‘quv jarayoniga izchil qo‘llashi va jadal rivojlanib, shakillanib borayotgan
o‘qitish usullaridan muntazam xabardor bo‘lib turish muhimdir[2].
Aniq va tabiy fanlar aksariyat hollarda fanni o‘qitishda ma’ruza usuli qo‘llaniladi. Bu usul
ayrim o‘quvchilarning darsda faolligini susaytiradi va talabalarning dikkatini shu mavzuga va u
bilan boglik bulgan fizik jarayonlarni tushinishga jalb kilish kiyin ekanligi ma’lum. O‘qitishning
xar xil metodlari ishlab chiqilgan va bu jarayon davom etmoqda[3-4]. Endilikda bizning
nazarimizda mavzuni bayon qilishda va yoritib berishda ko‘proq axborot – kommunikatsion
texnalogiyalardan foydalanish o‘qitish samaradorligini yanada yaxshilaydi va oshiradi. Shunday
ekan fizika va texnika fanlarini o‘qitishga e’tiborni jalb qiladigan ayrim xulosalar to‘g‘risida fikr
yuritamiz.
Fanni o‘rganayotganda mavzularga doir materiallarni elektron variantlarini internetga
xususan professor-o‘qituvchini shaxsiy vab sayti, telegramm boti yoki youtube platformasiga
joylashtirish ham o‘qitish sifat va samaradorligini oshirish omillaridan biridir. O‘quvchi mustaqil
o‘rganish jarayonida internetdan foydalanib berilgan topshiriqlarni bajarishga izlanish olib boradi,
yoki ma’lum uzurli bir sabablarga ko‘ra, darsga qatnasha olmagan talaba elektron manbalardan
kerakli ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu o‘quvchiga qulaylik yaratish bilan birga
undagi bo‘shliqni to‘ldirish imkonini beradi.
An’anaviy darsda aksariyat hollarda o‘qituvchi gapiradi. Bu esa talabalarning faolligini
susaytiradi. Noan’anaviy dars esa asosan talabani darsda mustaqil faol ishlashga, erkin fikrlashga
|
| |