|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 473
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Sifat menejmenti asoschisi V.Shuxart mahsulot sifatini har bir qismini nazorat qilishga
asoslangan yondashuvni texnologik jarayonlarning bir me’yorda ishlashini ta’minlashga
qaratilgan metodika bilan almashtirishni taklif qilgan.
Bugungi kunda jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida 10 dan ortiq ta’lim sifati
menejmenti modellari yaratilgan. Bu modellar ta’lim muassasalarining sifat bo‘yicha talab
qilingan natijalariga erishiga qaratilgan faoliyat jarayonlari va jihatlariga nisbatan belgilangan
talablar va ko‘rsatkichlar, tamoyillar ushbu jarayonlarning takomillashuv darajasini belgilab
beruvchi mezonlar, ularni baholash yo‘llari yig‘indisi deb tushuniladi. Sifatni baholashga
asoslangan modellar tizimli ravishda o‘z-o‘zini baholash, SWOT –tahlili vostasida OTM
faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etishni nazarda
tutadi.
Sifatni ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari
ta’limda sifat kategoriyasi;
oliy ta’lim tizimi boshqaruv muhitida sifatni ta’minlash va oshirish;
sifatni baholash, audit va sifat akkreditatsiyasi;
zamonaviy ta’lim sifatini shakllantirish otmning strategik maqsadi sifatida;
ta’lim sifatini oshirish yo‘llari. ta’lim sifati va kompetentli yondashuv;
yangi sifatga erishish bo‘yicha faoliyatning asosiy yo‘nalishlari;
ta’lim sifatini boshqarish. Ta’lim sifatini boshqarishning asosiy jarayonlari;
ta’lim ehtiyojlarini tahlil qilish va ta’lim sifatini ta’minlash va oshirish bo‘yicha strategik
rejalashtirish;
pedagog kadrlarning malakasini oshirish va sifatini yaxshilashga nisbatan motivatsiyani
shakllantirish;
ta’lim sifatini ta’minlashda xalqaro standartlardan foydalanishga nisbatan turli xil
yondashuvlar.
Bundan ko‘rinadiki, “Sifat” deganda umumiy ma’noda, predmetni xarakterlovchi
xossalarning iste’molchini ma’lum talab va ehtiyojlarini qondirish tushuniladi.
|
| |