470
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
KIMYO FANINI DARSLARIDA IDROK XARITASI METODIDAN FOYDALANISH
Azamatova Dilafruz Saydig‘aniyevna
Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish Milliy markazi “Aniq va
tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Jamiyatning hozirgi bosqichda rivojlanishi turli davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiyot, siyosat va
madaniyatdagi aloqalarning kengayishi bilan tavsiflanadi.
Davlatning qadr-qimmati, jahon
bozoridagi mavqei, raqobatbardoshligi nafaqat mamlakatdagi turmush darajasi va ijtimoiy
munosabatlarning rivojlanishi, balki xalqning bilim darajasi bilan ham belgilanadi.
Zamonaviy dunyoda ta’limning roli va o‘rni, uning tsivilizatsiya miqyosidagi eng muhim
inson
yaratuvchi funktsiyalari, ta’limning madaniyat shakllanishining chuqur jarayonlariga
ta’sirining falsafiy asoslari va texnologik imkoniyatlari, shaxsning ruhiy xususiyatlarini
shakllantirish inson va jamiyat hali ham ularni batafsil o‘rganishni kutmoqda.
Hozirgi vaqtda vatanizmizda jahon ta’lim makoniga kirishga qaratilgan yangi ta’lim tizimi
shakllantirilmoqda. Bu jarayon pedagogik nazariya va ta’lim jarayonining amaliyotida sezilarli
o‘zgarishlar bilan birga amalga oshmoqda. Ta’lim paradigmasida o‘zgarishlar ro‘y bermoqda: turli
mazmun,
turlicha yondashuvlar, turlicha munosabat, boshqacha pedagogik mentalitet taklif
etilmoqda.
So‘nggi yillardagi asosiy davlat hujjatlari yangi maktab mafkurasining kaliti deb rivojlanish
g‘oyasini belgilaydi va uchta muhim jihatni ta’kidlaydi:
maktab shaxs rivojlanishining eng muhim omili;
maktab jamiyat rivojlanishining samarali va istiqbolli omiliga aylanishi kerak;
ta’lim tizimi va maktab doimo rivojlanib borishi kerak.
Bugungi kunda o‘quv jarayonini maktab o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishga
yordam beradigan yangi, yanada samarali texnologiyalarni izlashni talab qiladi.
Kimyo bo‘yicha maktab Milliy o‘quv dasturining mazmuni o‘quvchilarning ijodiy aqliy faoliyatni
rivojlantirmaydi..
Ta’lim jarayoni o‘quvchilarning bilim olish, ko‘nikma va malakalarni egallash, ularning
ilmiy
dunyoqarashi, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish maqsadiga yo‘g‘rilgan o‘qituvchi va
o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi sanaladi, boshqacha aytganda, ta’lim mazmunining o‘qitish
metodlari yordamida o‘zlashtirilishiga erishishdir.
“Idrok xaritasi” metodi adabiyotlarda turli nomlar bilan uchraydi: “Idrok xaritasi”,
“Intellekt-xarita”. Bu metod fikrlarni taqdim qilish va bog‘lash usuli bo‘lib, u ta`lim oluvchilarda
tassavvur qilish va fikrlarni tizimlashtirish, o‘tganilayotgan mavzudagi bosh g‘oyalar yoki asosiy
tushunchalarni, birlamchi tushunchalarni izohlashga yordam beruvchi ikkilamchi va uchlamchi
g‘oyalar yoki tushunchalarni ajratish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Taklif etilayotgan usul yangi bilim va axborotlarni konspektlashtirishning
standart
chizmasini ishlashga xizmat qiladi va darsning uzundan uzoq konspektini yozish yukidan xalos
etadi.
Xaritani tuzish ta’lim oluvchiga:
- asosiy, ikkilamchi, uchlamchi (va h.k.) shoxchalar (chiziqlar) larni ishlatish hisobidan
iyerarxik tartibda mavzuning asosiy g‘oyalarni strukturalashga;
- ravshan va rangli obrazlar orqali g‘oyani
kuchaytirishga;
- ular orasidagi bog‘liqlikni namoyish etishga;
- rang, shrift razmeri, bo‘rttirish kabilar orqali konsepsiyalarni ajratishga;
- maxsus belgilar yordamida g‘oyalarni baholash va izohlashga imkon beradi.
Masalan, oltingugurt mavzusiga oid Idrok xaritasi.
Idrok xaritasi qanday tuziladi?
1. Asosiy fikrdan boshlang.