|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 478
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
bunday mashqlar gurux yoki yakka tartibdagi musobaqalar tarzida uyushtirilsa, o‘quvchilar
nihoyatda qiziqish bilan bajaradilar. Aytaylik, alifbe darsida k tovushi o‘rganilayotgan bo‘lsa, shu
tovush bilan boshlanadigan yoki tugaydigan so‘zlardan ko‘proq topish musobaqasi tashkil etilishi
mumkin. Ko‘p so‘z aytgan o‘quvchi og‘zaki rag‘batlantiriladi.
O‘quv faoliyati xususiyatini inobatga olgan holda o‘qituvchi o‘quv fanlaridagi topshiriqlarni
o‘quvchilar darajasi kontingentini hisobga olgan holda o‘quvchilarga berishi kerak, chunki bir
sinfning o‘zida yengil, o‘rta, og`ir darajadagi aqli zaif o‘quvchilar bo‘lishi mumkin. Yengil
darajadagi aqli zaif o‘quvchilarga sodda ko‘rinishda, og`ir darajadagi aqli zaif o‘quvchilarga yana
ham soddalashgan ko‘rinishda topshiriq berish lozim.
ADABIYOTLAR
1.
L.Mo‘minova, Sh.Amirsaidova va boshqalar Maxsus psixologiya -T.: Fan va
texnologiyalar .2013.
2.
Sh.M.Amirsaidova Oligofrenopsixologiya -T.: Fan va texnologiyalar .2019.
3.
М.К. Акимова Психологическая коррекция умственного развития
школьников. – М.: РИОР, 2006.
4.
Т.Н. Головина Психологические проблемы коррекционной работы во
вспомогательной школе. –М.: Педагогика, 1981.
OLIY TA'LIMDA TYUTORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING ILMIY-
METODOLOGIK ASOSLARI
Ergasheva Dilnoza Abdurazakovna
JDPU Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistranti
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida
talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori
qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan uzoq vaqtdan beri kutilgan bir qator tizimli yangilik va o‘zgarishlar
kiritildi. Ular qatorida 2021 yil 1 sentabrdan boshlab talabalar bilan ishlash bo‘yicha “guruh
murabbiyi" instituti bekor qilinib, uning o‘rniga talabalar bilan ishlaydigan “tyutorlar" amaliyoti
yo‘lga qo‘yildi.
Har bir inson jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishi uchun, avvalo, shaxs sifatida takomillashuvi,
kamolga yetishi lozim. Zero, ma’naviy olami, madaniyatlilik darajasi psixologik jihatdan taraqqiy
etgan, individual xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalarga namuna bo‘la oluvchi, keng
dunyoqarashga ega bo‘lgan, el-yurt, Vatan manfaatlarini o‘zining shaxsiy foydasidan ustun qo‘ya
oladigan jamiyatning a’zosigina to‘laqonli shaxs bo‘la oladi. Ayniqsa, talaba-yoshlarimizning oliy
ta’limdagi tahsil davri jarayonida ularining shaxs sifatida kamol topishlari uchun alohida diqqat
qaratiladiki, bu mamlakatimizda hukumat tomonidan yoshlar masalasiga berilayotgan e’tiborning
bir ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi.Mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab yoshlar
masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga
oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun(1991)ning qabul qilinishi, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, 2021-yilning “Yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishi ham fikrimizning
yaqqol dalilidir.Shuningdek, davlatimiz rahbarining yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni
madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan
to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish,
xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida (ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni
yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha) besh muhim tashabbus(2019)ni ilgari surishlari,
mazkur tashabbusning mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini tashkil etuvchi yoshlar orasida
|
| |