|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 487
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
borishi uchun avvalo kerakli bilimlarga ega bo‘lishlari muhim hisoblanadi. Quyida rahbar qizlarni
tayyorlashda muhim jarayonlarga to‘xtalib o‘tamiz:
O‘zini tutishi ya’ni kiyinishi, muomala madaniyati, fikrlashi, odamlar bilan munosabatga
kirishi;
Kasbiy va shaxsiy sifatlarini mukammal darajada egallagani;
O‘z sohasining bilimdonliligi;
Prinsipialiligi ya’ni tartib intizomga o‘zi va o‘zgalarni ham rioya etishga chaqira olishi;
O‘ziga va o‘zgalarga nisbatan talabchanliligi;
Adolatli bo‘lish va odilona fikrlashi;
Mustaqil fikrga ega bo‘lishligi va har kimning fikriga ishonib ketavermasligi;
Ayniqsa rahbar qizlar xulosa chiqarganda hamisha aql bilan yondasha olishi;
Innovatsion, kreativ raqobatbardosh bo‘lishi lozim bo‘ladi.
Zamonaviy boshqaruvda mam'uriy usullarga tayanib emas,balki jamoa bilan ishlash, o‘zaro
hamdo‘stlikni hech qachon yo‘qotmaslik, hodimlarni maqsadli ishlashga o‘rgatish, o‘zining g‘oya
va takliflarini muhokama qilgan holda ommaga taqdim etishi kerak. Lider o‘z hodimlarini hamisha
qo‘llab-quvvatlab ularning fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishi lozim. Hodimlar rahbarni hurmat
qilishi kerak, undan hayiqqani uchungina buyrug‘ini bajarishi kerak emas. Ana shundagina
ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Liderda insonilik fazilatlari har tomonlama yuqori
darajada shakllangan bo‘lishi lozim. Shunda, o‘rtada hech qanday adovat yuzaga kelmaydi.
"Rahbar kim? Lider kim?"- Rahbar-boshqaruvchi, Lider esa yetaklovchidir. Lider "Notiqlik
san'ati"iga, "Imidj"iga va "Boshqarish"qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Har bir insonda liderlik
qobiliyati bor. Uni shakllantirish faqat insonning o‘ziga bog‘liq. Notiqlik ham har bir insonda
rivojlangan bo‘lishi kerak. Nutqni ravonligini oshirish uchun faqat kitob o‘qish bilan chegaralanib
qolmay, o‘z ustida mustaqil shug‘ullanishi lozim. Ya'ni, ko‘zgu qarshisiga turib, o‘z ko‘zlariga
tikka qaragan holda she'r mutolaa qilishi kerak. Bu albatta, natija beradi. Suhandonlikni oshiradi,
hayajon va emotsiyaga kirishib ketishni ham qisqartiradi. Imidjga alohida to‘xtalib o‘tiladigan
bo‘lsa, har bir insonning kiyinish uslubi bor. Lekin shuni unutmaslik kerak, doim o‘z milliyligidan
kechmagan holda kiyinish madaniyatiga rioya qilishi lozim. Rahbarlik qobiliyati o‘z ishiga
vijdonan yondashib, birdamlikni yo‘qotmasligi, davlat xizmatchisi ma'suliyatini his etib va uning
mezonlarini tushinib yetgan holda boshqaruv olib borishi lozim. Liderga xos shunday gap bor-ki,
buyuk mutaffakir Suqrot:"Muhimi qancha bilish kerakligi emas, uni yetkazib bera olishdir" –
degan edi.
Mutaxassislar tomonidan qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatimizda oʻzining shaxsiy
fikri, prinsiplari va sohaga yangicha yondashuvi boʻlgan yosh rahbar kadrlarni masʼuliyatli
lavozimlarga tayinlashga alohida eʼtibor qaratilyapti. Xalqimizning katta qismi, yaʼni 17 million
aholisini aynan yoshlar tashkil etishi ham, zamonaviy yetakchilardan har tomonlama bilimli va
tashabbuskor, eng avvalo, oʻz ishiga nisbatan fidokorona yondashuvni talab etadi. Yoshlar ularga
bildirilgan yuksak ishonchni oqlay olyaptimi? Ularning rahbarlik va yetakchilik qobiliyatini ishga
solish, tarbiyalash va shakllantirish uchun qanday ishlar olib borilyapti va buning samaradorligi
qay darajada? — Natijalar shuni koʻrsatmoqdaki, ayrim yosh rahbarlarimiz davlat xizmatchisi
degan masʼuliyatni toʻliq boʻyniga olmayapti. Jamoani boshqarishda maʼmuriy, yaʼni,
qattiqqoʻllik bilan boshqarish, xodimlarni qoʻrqitish orqali ishga solish hollari kuzatilyapti.
Aksariyat hollarda bu ularda boshqaruvchilik bilim va koʻnikmalarining yetarli emasligi bilan ham
bogʻliq. Hozirgi kunda boshqaruvda bu kabi maʼmuriy usullar emas, liderlik, yetakchilik, jamoa
bilan ishlash, xodimlarni maqsadli ishlashga oʻrgatish, oʻzining ilgʻor gʻoyalari ortidan ergashtira
olish kabi ilgʻor usullar ustuvor. Bugungi kun yosh rahbarlar oldiga oʻz ishiga ana shunday
innovatsion va gʻoyaviy ustunlik orqali yondashuvni talab qilmoqda.
|
| |