483
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
5-SHO‘BA. TA’LIM MUASSASALARIDA TALABA QIZLARNI RAHBARLIK
LAVOZIMLARIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI.
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABA QIZLARNI RAHBARLIKKA
TAYYORLASH
Ablyakimova Refide Izmerovna
JDPU Maktab menejmenti kafedrasi katta o‘qituvchisi
Oliy ta’lim muassasalarida talaba qizlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlashning ta’lim-
tarbiyaviy asoslari ayrim ixtisosliklarda mavjud. Jumladan, “Maktab menejmenti” bakalavr,
“Ta’lim muassasalarining boshqaruvi” magistratura yo‘nalishlari bevosita ta’lim
tuzilmalari
uchun rahbar kadrlar tayyorlashga qaratilgan. Yurisprudensiya va iqtisodiyot tarmoqlarida mavjud
davlat boshqaruvi va menejment yo‘nalishlarida ham o‘zining sohasidan kelib chiqib rahbarlar
tayyorlanadi. Har bir sohada rahbar kadrlar tayyorlashning o‘ziga xos asoslari, shart-sharoitlari,
infratuzilmasi va imkoniyatlari mavjud. Shunday ekan oliy ta’lim muassasalarida talaba qizlarni
lavozimlarga tayyorlash jarayoniga tarmoqlar xususiyatini inobatga olib yondoshgan ma’qul.
Bugunga kelib jamiyatda xotin-qizlarning faolligi sezilarli ravishda o‘zgarmoqda. Statistik
ma’lumotlarga ko‘ra, ta’lim sohasida ish bilan band ayollar ulushi 75%; sog‘liqni saqlash va
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish - 76,2%; qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasi-32,2%; sanoat, savdo va
xizmat ko‘rsatish sohasi – 40,7%; moliya va sug‘urta sohasi – 37,5%; boshqa sohalar – 34,5%147.
Bunday ma’lumot
tahlilidan bilish mumkinki, xotin-qizlar eng band bo‘lgan soha sog‘liqni
saqlash, xizmatlar va ta’lim bilan bog‘liq. Boshqa sohalar - qishloq xo‘jaligi, sanoat, savdo, moliya
va sug‘urta sohalarida o‘rtachadan ham past ko‘rsatkich (32-40%). Eng avvalo, xotin-qizlarning
ulushi yuqori bo‘lgan sohalar uchun rahbar xotin-qizlarni tayyorlash birlamchi urug‘uni berish
kerak. Chunki aynan ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida xotin-qizlardan rahbarlarning ulushi
birmuncha yuqori. Shundan kelib chiqib tadqiqotda oliy ta’lim sohasida xotin-qizlarning ulushini
tahlil etamiz.
O‘zbekistonda ijtimoiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida xotin-qizlarga
yashash, o‘qish va ish sharoitlari uchun qulay shart-sharoit yaratish dolzarb masala hisoblanadi.
Buni oliy ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan asoslash mumkin. 2022 yil 1
yanvar holatiga ko‘ra respublikada 151ta oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib, ulardan 104tasi
davlat, 47tasi nodavlat hamda xorijiy oliy ta’lim muassasasi va ularning filiallaridir.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida ayollarning ta’lim olishiga zarur shart-sharoitlar yaratib
berish borasidagi ishlar:
2021 yil 17 sentyabrdagi “Ota-onasi yoqi ularning biridan
ayrilgan muhtoj qizlar va
boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 585-sonli qarori asosida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim
muassasiga kabul kilingan ota-onasi yoqi ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q
yolgiz ayollarni Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyat va Toshkent shahar
xokimlari hisobidan 1431 nafar qizlarning to‘lov-kontrakt pullari to‘lab berildi.
Hozirgi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning 41%
foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Jumladan, ayni paytda tizimda xotin-qizlar orasida 879 nafar fan
doktorlari, 2208 nafar falsafa doktori (Phd), 833 nafar professorlar, 2024 nafar dotsentlar barqaror
faoliyat olib bormoqda. Bu juda katta salohiyat.
Shu bilan birga, xotin-qizlarning oliy ta’lim
tizimidagi ulushu yuqoriligini ko‘rsatadigan ko‘rsatkichdir. Ayniqsa, 2017-2021 yillarda xotin-
qizlarning ilmiy ishlarni himoya qilish salmog‘i ancha kengayganligini aytib o‘tish kerak.
Aytish lozimki, xotin-qizlardan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruvida ulushi ham
sezilarli deyish mumkin. Jumladan, 4 nafar rektor, 56 nafar prorektor (direktor urinbosarlari), 199
147
https://gender.edu.uz/statistika.php